OKMKda joriy yilning birinchi choragida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlar ortig‘i bilan bajarildi.
Jumladan, joriy yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, eksport prognozi 105,4 foizga bajarilib, 101 735 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan. Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak xorijiy iste’molchilarga mis katodi, mis katankasi, rux, rux kuporosi, mis kuporosi, kadmiy, texnik tellur kabi mahsulotlar yuborilgan.


Ma’lumot uchun: yildan yilga OKMK eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024 yilda bir qator yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Jumladan, Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirildi.
OKMK Axborot xizmati