Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2024 yilda biznes rejada belgilangan barcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini bajardi. Xususan, 38,1 trillion so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 116,1 foizga bajarilgan. Shuningdek, 7,5 milliard so‘mlik xalq iste’moli mollari tayyorlangan.

Bu haqida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan brifingda batafsil ma’lumot berildi.

OKMK axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyevaning ta’kidlashicha,  mis rudasini qazib olish vazifasi 101,6 foizga bajarilib, +104,5 foizlik o‘sish sur’atiga erishilgan. Mis xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha reja 100,1 foizga bajarilib, o‘sish sur’ati +101,6 foiz bo‘lgan. 2024 yilda o‘z xomashyosidan kombinat tarixida birinchi marotaba 130 ming tonna mis ishlab chiqarish evaziga  rekord natija qayd etildi. Ushbu natija 2017 yilga nisbatan 23,7 ming tonnaga ziyod bo‘lgan. Bundan tashqari, o‘z xomashyosidan rux ishlab chiqarish vazifasi 117,1 foizga uddalangan. Polimetall rudalarni qazib olish va ularni qayta ishlash rejasi esa 100,5 foizga bajarilgan.

Shuningdek, oltin tarkibli rudalarni qazib olish va qayta ishlash hamda mis kuporosi, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni emallangan mis simlar, molibden 3 oksidi, sulfat kislotasi kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish vazifalarining bajarilishi ham ta’minlangan.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida ham Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida samarali ishlar amalga oshirilgan. 2024 yilda  268 ta loyiha bo‘yicha 1 trillion 567 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz 103 foizga bajarilgan. 2023 yilga nisbatan o‘sish 3,6 barobarni, import o‘rnini bosish samaradorligi 121,5 million  dollarni tashkil qilgan.  

Kombinatda 2024 yilda mahsulotlar eksporti borasida ham ijobiy natijalar qayd etilgan. 610,9 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 111,1 foizga bajarilgan. Mahsulotlar kesimida tahlil qilinadigan bo‘lsa, o‘tgan yili xorijlik hamkorlarga 51 698 tonna mis, 28 859 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan. Bundan tashqari, qo‘rg‘oshin konsentrati, molibden, reniy, kadmiy, mis kuporosi, palladiy kukuni kabi mahsulotlar eksportida ham ko‘zlangan natijaga erishilgan.

U.Qarshiboyevaning ma’lum qilishicha, kombinat tomonidan investitsiya dasturi bo‘yicha o‘tgan 2024 yilda 1 milliard 943,9 million dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, prognoz 103,2 foizga bajarilgan. Raqamlashtirish bo‘yicha 31 ta chora-tadbirlar amalga oshirilib,  92 milliard 550 million so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha  amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar ham o‘z samarasini berdi. Bu boradagi prognoz 1 trillion  329,5 milliard so‘m ya’ni jami xarajatlarning 10,03 foiz miqdorida belgilangan bo‘lsa, hisobot davrida mahsulotlar tannarxi 1 trillion 670,5  milliard so‘m yoki jami xarajatlar 12,6 foiz miqdorida kamaytirildi. Prognoz  125,7 foizga bajarildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: 2024 yil yakunlari raqamlarda