Oilani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularni hal tomonlama jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida barqarorligini ta’minlash har bir mamlakatning doimiy e’tiborda bo‘ladigan ustuvor yo‘nalishlardan biri sanaladi. Binobarin, xalq oilalardan tashkil topar ekan uning barqarorligi, oilaning tinch va totuvligi mamlakatning rivoji va istiqbolini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi.

Hozirda O‘zbekistonda oilalar barqarorligini ta’minlash, er-xotin o‘rtasidagi ajralishlar sonini kamaytirish, oilani saqlab qolish imkonini beradigan ko‘plab tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-siyosiy choralar belgilangan va bu boradagi huquqiy asoslar yaratilgan. Biroq, shunga qaramasdan er-xotin o‘rtasidagi ajralishlar soni ularning o‘sib borish dinamikasini ko‘rsatadi. Bu holat ayniqsa, katta shaharlarda yuqori ekanligi ko‘zga tashlanadi. Shu bois er-xotin o‘rtasidagi ajralishlar sonini kamaytirish, oilalarning butunligi va barqarorligi saqlab qolish borasidagi tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni kuchaytirish zamon talabidir.

Bugungi kunda oilalarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, yosh oilalarga ko‘maklashish davlat va nodavlat yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Ayrim davlat organlari oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat tomonidan moddiy yordam berishni ta’minlash bilan shug‘ullansa (masalan, ijtimoiy ta’minot muassasalari),  boshqalari er-xotinning huquq va majburiyatlarini amalga oshirishga ko‘maklashish (FHDYO), bolalar huquqlari ta’minlash (vasiylik va homiylik organlari, xalq ta’limi tuzilmalari) faoliyatini amalga oshiradi. Oilalarni qo‘llab-quvvatlashda, oilaviy nizolarni hal etishga ko‘maklashishda fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining roli katta hisoblanadi. Shunga qaramasdan ushbu tizimni bugungi kunda to‘liq o‘zini oqlyapti, deb bo‘lmaydi.

Ushbu muammolarni yechimini topish, ularni bartaraf etish borasida quyidagi tashkiliy-huquqiy choralar, yo‘nalishlarni taklif etish mumkin:

1. Oilalarning barqarorligini ta’minlash tizimi bugungi kunda kompleks tus kasb etishini hisobga olib, bu borada faoliyat yuritadigan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq. Buning uchun esa mahalliy davlat hokimliklari qoshida oila masalalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tashkil etish va uning faoliyatini sud, ichki ishlar organlari, prokuratura, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi hamda fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan birga ishlash va mazkur tuzilmalarning oilaviy munosabatlar sohasida olib boradigan ishlarini muvofiqlashtirish ko‘rinishida tashkil etish lozim. Oilaviy nizolarni o‘z vaqtida, uchinchi shaxslarga oshkor etmasdan, amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq hal etishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari eng muhim va birlamchi tuzilma hisoblanadi. Shu sababli ularning qoshidagi yarashtiruv komissiyalari raislari va tuman hokimligidagi oila masalalari bo‘limi boshlig‘idan iborat bo‘lgan “Oilaviy ziddiyatlarning oldini olish va yarashtirish kengashlari”ni tuzish ham ijobiy samara berishi mumkin. Mazkur kengash doimiy tus kasb etadigan oilaviy nizolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va yechishning yo‘llari va maqbul choralarini ishlab chiqish, yosh oilalar uchun tegishli maslahatlar va o‘ta dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash vazifasini bajaradi. Ular tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarni xalq deputatlari mahalliy kengashlarida tasdiqlash orqali rasmiylashtirish va bu tavsiyalarni keng xalq ommasiga yetkazish foydali bo‘lishi mumkin.

2. Hozirda oilalarning barqarorligini ta’minlashda huquq-tartibot organlarining roli kattadir. Ayniqsa, oila holati va turmush sharoiti bilan yaqindan tanish bo‘lgan uchastka noziri va mahalla posbonlarining faoliyatini yanada jonlashtirish lozim. Bunda uchastka nozirlarining oilalar uchun o‘rnak bo‘lishi, ularning obro‘-e’tibori nafaqat jamoat tartibini saqlash, balki oilaviy ziddiyatlar va nizolarni oldini olish ham hal etishda ham alohida o‘rin tutadi. Shu bois uchastka noziri lavozimiga muayyan hayotiy tajribaga ega bo‘lgan va odamlar bilan ishlash, eng muhimi oilaviy masalalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan ichki ishlar xodimlari faoliyat olib borishi lozim. Uchastka noziri lavozimiga 35 yoshdan katta bo‘lgan va oilali xodimlarni tayinlash lozim. Uchastka nozirlarini fuqarolarning o‘zini-o‘zi organlari qoshidagi yarashtiruv komissiyalariga a’zo bo‘lishini ta’minlash ham ularning oilaviy ziddiyatlarning oldini olish borasidagi vazifalarini aniq belgilab qo‘yish zarur.

3. Er-xotin o‘rtasidagi ajralishlarga asosan turli kelishmovchiliklar, er-xotinning bir-birini tushunmasligi yoki boshqa ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy omillar sabab bo‘ladi. Oilani saqlab qolish imkoni bo‘lgan hollarda ham qonunchilikning mukammal emasligi, nosamarali uslublar ham er-xotin ajralishlarga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining oila qonunchiligi, xususan Oila kodeksi asosan er-xotin va oila a’zolari o‘rtasidagi muayyan turdagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni nazarda tutadi. 

O‘zbekiston Respublikasining “Oilani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Qonunini qabul qilish mamlakatimizda oilalar barqarorligini ta’minlash, ajralishlar sonini kamaytirish hamda jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida oilalarning ijtimoiy va huquqiy maqomini aniqlashtirish kabi ijtimoiy, tashkiliy va huquqiy vazifalarni bajaradi.

4. Mahallalar miqyosida oilalarning jipslashuvi, barqarorligini ta’minlashga qaratilgan “Namunali oila ko‘rik tanlovlarini o‘tkazish va turli rag‘batlantiriluvchi nominatsiyalar tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunda “Eng namunali oila” 10 taligi, “Ahil oila 10 taligi”, “Kitobsevar oila 10 taligi”, “Baxtli oila 10 taligi”, “Namunali yosh oila 10 taligi”, “Ajdod va avlodlarning uzviyligini saqlagan oilalar 10 taligi” va shu kabi boshqa nominatsiyalar asosida turli tanlovlarni tashkil etish va shu yo‘l bilan butun mahalladagi oilalarni qamrab olish va ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish lozim.

5. Bugungi kunda oilaviy majburiyatlarni bajarish muammosi oilaviy munosabatlardagi eng asosiy masalalardan biri sanaladi. Er-xotinning oilaviy majburiyatlarni bajarmasliklari oqibatida ajralishlar soni ortib bormoqda. Bunda amaldagi OKda oilaviy majburiyatlarni bajarmaganlik uchun maxus javobgarlik choralarining belgilanmaganligi ham sabab bo‘lmoqda. Shu bois OKda oilaviy majburiyatlarni bajarmaganlik huquqiy javobgarlikni vujudga keltirishi haqidagi norma kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Shu bois OKning 10-moddasini quyidagi tahrirdagi uchinchi qism bilan to‘ldirish lozim bo‘ladi: Oilaviy majburiyatlarni bajarmaslik yoki bajarishdan bo‘yin tovlash ushbu kodeksi, boshqa qonun hujjatlari va tomonlarning kelishuvi (shartnoma)da belgilangan huquqiy javobgarlikni vujudga keltiradi.

6. Oilani mustahkamlash uchun fotiha, unashtiruv institutini joriy qilish maqsadga muvofiq. Chunki ushbu jarayon nikoh tuzish haqida qaror qabul qilishni atroflicha o‘ylab ko‘rishga imkon beradi, shuningdek fotiha qilingan shaxslardan biri nikoh tuzishni rad qilgan hollarda mulkiy nizolarning oldini oladi. Mazkur institut Germaniya, Gruziya, Ukraina, Isroil, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda mavjud. Bunda fotiha qilingan shaxslar sifatida nikoh tuzishga ariza bergan shaxslar tan olinadi. Fotiha qilinganlik nikoh tuzish majburiyatini keltirib chiqarmaydi, biroq keyinchalik nikoh tuzish rad qilingan hollarda rad qilgan taraf ikkinchi tarafga nikoh tuzish va to‘yni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab beradi. Nikoh tuzishni rad qilish bevosita nomunosib xulq-atvorda bo‘lish, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar (kasallik, farzand mavjudligi, sudlanganlik va h.k.) yashirish bilan bog‘liq bo‘lsa, xarajatlar qoplab berilmaydi.

7. Oilalar, ayniqsa yosh oilalar barqarorligini saqlashda uchinchi shaxslarning salbiy ma’noda aralashishlari putur yetkazmoqda. Garchi Oila kodeksida “oilaviy munosabatlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi” nazarda tutilgan bo‘lsada (3-modda) hozirda yosh oilalarga qaynonalar va boshqa qarindoshlarning o‘zboshimchalik bilan aralashuvi oqibatida ajrashishlar soni ortib bormoqda. Ushbu masalalarning yechimi sifatida OKga oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ularning qo‘llanilishi oilani va uning jamiyatdagi o‘rninimustahkamlashni, oila a’zolarining oila saqlash va bolalar tarbiyasi uchun o‘zaro javobgarligini, voyaga yetmagan bolalarni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilishni ta’minlashga qaratilishiga oid aniq normani nazarda tutish zarur.

8. Ko‘p hollarda ajralishlarga shaxsning oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini suiiste’mol qilishlari ham sabab bo‘ladi. Er-xotinning bir-biriga nisbatan oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarni suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligiga oid qoida esa amaldagi OKda o‘z ifodasini topmagan. Bunda er-xotinning, shu jumladan boshqa oila a’zolarining oila munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlarida qonun hujjatlariga rioya etishlari, birgalikda turmush qurish qoidalarini, axloq-odob tamoyillarini hurmat qilishlari va vijdonan va halol harakat qilishlariga oid normani OKga kiritish maqsadga muvofiq. Shuningdek, oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarni suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmasligi, suiiste’mollik bilan harakat qilingan sud tomonidan bunday huquqlar himoya etilmasligiga oid qoida ham OKda belgilanishi zarur.

9. O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni oilaviy munosabatlarga ham tatbiq etilishi mustahkamlangan bo‘lsa-da, Oila kodeksida er-xotin o‘rtasida yuzaga kelgan nizoni mediator vositasida hal qilish mexanizmi mavjud emas. Er-xotin sudga nikohdan ajratish haqida da’vo ariza bilan murojaat qilganda, sud agar taraflarga yarashish uchun muhlat bersa, u holda er-xotinni mediatorga majburiy yuborishi zarur. Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksida o‘zining qonuniy ifodasini topishi zarur, chunki mediator mahalla huzuridagi yarashtiruv komissiyasidan farqli ravishda er-xotin o‘rtasida yuzaga kelgan holatga malakali, huquqiy baho beradi va ular o‘rtasidagi nizoni hal qilishga yordam beradi.

N.Imomov,

Toshkent davlat yuridik universiteti

 “Fuqarolik huquqi” kafedrasi mudiri,

yuridik fanlar doktori, professor,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oila barqarorligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari