Toshkent viloyatining barcha hududlarida bo‘lgani kabi Ohangaron tumanida ham tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayapti.

Xususan, hududdagi “Qiziloy” mahalla fuqarolar yig‘inida “TOSHKENT CONCH CEMENT” MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan yangi sement zavodi qurilishiga start berildi.

2019 yilning 22 oktyabrda korxona bilan tuman hokimligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Shunga ko‘ra, yangi zavod qurilishi 34,2 gektar, maxsus karer uchun esa 183,3 gektar yer maydoni ajratilgan. Loyihaning umumiy qiymati 200 million AQSH dollariga teng. Mahsulotning 30 foizi eksportga mo‘ljallangan ushbu sement zavodi yiliga 2,2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, zavod ishga tushgach, 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda qurilishni amalga oshirish uchun ishchilarni qabul qilish jarayoni boshlangan.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Toshkent viloyatida joriy yil to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha 107 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Shundan, birinchi chorakda jami 52 million AQSH dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirilgan. O‘z navbatida, belgilangan eksport prognozi amalda 123,5 foizga bajarilgan.  

Shuningdek, viloyatda 47 ta kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 2,3 trillon so‘mlik 207 ta loyiha joylashtirilgan bo‘lib, shundan, 416,8 milliard so‘mlik 113 tasi ishga tushirildi va 1 ming 960 ta ish o‘rni yaratildi.

Viloyatda qo‘shimcha 9 ta hududda 826 gektar bo‘sh yer maydonida yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Shu bilan birga, 1,4 trillion so‘mlik 350 ta investitsiya loyihalari joylashtirilib, 18 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallanmoqda.

A.Musayev,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ohangaron tumanida yiliga 2,2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi loyiha ishga tushadi