Hozirgi kunda jamoat transportida bir qator muammolar, yechilishi kerak bo‘lgan kamchiliklar mavjudligi haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Birgina Toshkent shahrining o‘zida bir kunda salkam mingga yaqin avtobus 129 yo‘nalish bo‘ylab 500 mingga yaqin yo‘lovchilarni o‘z manzillariga eltadi. To‘g‘ri, muammolar bo‘lishi aniq, mingga yaqin haydovchilar, chiptachilar ularning faoliyatini muntazam nazorat qilish biroz zo‘r bo‘ladi.

Kimdir GPSni uzadi, kimdir transport kartasini qabul qilmasa, boshqasi validator ishlamayotganini bahona qiladi.  

16 noyabrda oliy o‘quv yurtlarida an’anaviy o‘qish mavsumi boshlangani, buning ustiga, havo haroratining keskin sovishi yanada tezkor choralar ko‘rib, qishki mavsumga o‘tishni tezlashtirish kerakligini talab etmoqda. Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun nimalar xalaqit qiladi?

KELING, OCHIQROQ GAPLASHAMIZ!

Avtobus saroyi direktorlari boshqaruvni kuchaytirishi kerak. Nega har kuni yo‘lovchilarning asosiy shikoyati GPSning o‘chirib qo‘yilishi bo‘yicha bo‘ladi? Nega avtobus saroyi direktorlari bunga qaramaydi? Saroy GPS operatorlari buni ko‘ra bila turib ko‘rmaganga oladi, dalolatnoma tuzilsa ham, chorasi noma’lum.

RO‘ZG‘ORNI RO‘KACH QILMANG!

Nega 18-avtobus saroyi avtobuslarida GPS trekerlari o‘chirilishi haqida shikoyat kelmaydi. U yerda xodimlar shunchaki «zerikkanidan» ishlaydi deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, u yerdagi haydovchi-yu-farroshlar ham siz va biz kabi halol yo‘l bilan mehnat qilishi uqtirilgan.

«Oylik vaqtida berilsa, to‘liq berilsa ishlimiz-da» degan savolni berishdan oldin bir o‘ylang, agar (tushunarli bo‘lishi uchun) «regulyarnost» vaqtida 95% dan oshiq qilib bajarilsa, oylik ham 40% bonusi bilan chiqadi. Bajarilmagan taqdirda birinchidan maosh past chiqadi.

Ikkinchidan, grafik bo‘yicha ishlanmasa, yo‘lovchilarning kutish vaqti oshib ketadi (sovuq tushgan bir paytda eng yomon holat ham shu aslida). Yana bir og‘riqli masala, bu – muomala madaniyati,  haydovchilarning muomalasi. Nahotki ishga olishdan oldin suhbat qilinmasa, yo‘riqnoma bo‘yicha muomala madaniyati o‘rgatilmasa.

Ha mayli, haydovchi yetishmaydi-ku deymiz, lekin bir parkdan bo‘shatilgan haydovchini bir hafta o‘tmay boshqasiga ishga olish qanaqasi bo‘ldi?! Nahotki, nega bo‘shatilgani oldingi ishlagan joyi direktoridan so‘ralmasa?! Hurmatli avtobus saroyi direktorlari... To‘g‘ri tushunamiz. Barchaning o‘z haqiqati bor, lekin faqat buni o‘ylab yo‘lovchilarning jamoat transportiga bo‘lgan mehrini so‘ndirishga haqqingiz yo‘q!

BU QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIK(MI?)

Yaqinda GPS ma’lumotlari mobil ilovalarda o‘chirilishi haqida e’lon berildi? Nega aynan GPS monitoringni o‘chirish vaqtida e’lon chiqarildi? Nega kechasi qilinmaydi? Odamlar sovuqda kutib qoldi?

Gap shundaki, respublikamizda havo haroratining sovishi hamda GPS trekerlarning bir qator kamchiliklari inobatga olinib yoppasiga qayta ta’mirlash, qaytadan "server"lash ishlari boshlandi. Bunga asosiy sabab – mobil ilovalarda ko‘rsatish vaqtini va intervalini yanada qisqartirish hamda yo‘lovchilar uchun aniq vaqtni uzluksiz ko‘rsatib turilishini ta’minlash; bundan tashqari, eng asosiysi, haydovchilarning o‘chirish imkonini qisqartirish bo‘yicha mukammallashtirilgan tizim amalga oshirilmoqda. Buni amalga oshirish ko‘proq vaqt talab qilgani sababli, darhol ishga kirishish zarur edi.

QARS IKKI QO‘LDAN CHIQADI

Yuqorida keltirib o‘tilgan kamchiliklar, jamoat transportining hech qanday kamchiliklarsiz ishlashini ta’minlash kabi muammolarni bartaraf etish uchun bir kun yoki birgina rahbarning ishi kifoya deb o‘ylaysizmi? Tasavvur qiling, siz avtobus saroyi direktorisiz. Sizning zimmangizda mingta ishchining shikoyatlarini eshitish, ularning yaxshi ishlashini ta’minlash, har kunlik texnik ko‘riklarni tekshirish, yo‘nalish grafigini shaxsan nazorat qilish, kerakli kunlik moddiy texnik bazani ko‘zdan kechirgan holda tuzib chiqish, buning ustiga, buyruqlar ijrosini ta’minlash, eng yomoni har kuni qandaydir qo‘shimcha muammoni hal qilish kabi mas’uliyatli ishlar turadi.

Xo‘sh, siz bir kunda shuncha ishni qilaman deb, uyingizga kech borib, farzandingizning «Dadam qachon keladi» degan gapini tinmay qaytarib, ishdan qaytguningizcha uxlab qolishiga rozi bo‘larmidingiz? Ular farzandlari, oila-a’zolari bilan ko‘p vaqt o‘tkazmasligi, o‘z oilasidan ko‘ra xalqimiz uchun yaxshi bo‘lishini maqsad qilib chiqishadi-yu, lekin yo‘lovchilardan faqat ular tomonga "tosh otilsa", kimning ishtiyoq bilan ishlagisi keladi?

Bu yerda yo‘lovchilar noto‘g‘ri qilmoqda, degan fikrdan ancha yiroqmiz! Shunchaki qars ikki qo‘ldan chiqadi. Biror shikoyatni e’lon qilishdan avval yaxshilab tekshirish, unga shaxsan mutasaddi xodimlarga bog‘langan holda yechim topib, so‘ng yoritish kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Albatta muammolarni birga topib ularga qonun doirasida yechim izlash sizning xam, bizning ham asosiy maqsadimizdir!

Azimjon Mahamajonov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘riqli masala: haydovchilarning muomala madaniyati, ro‘zg‘orni ro‘kach qilish holatlari va qishki mavsum bahonalari...