Qozog‘istonning Ostona shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston sportchilari munosib natijalarni qayd etmoqda.

Kecha o‘tkazilgan bellashuvlarda terma jamoamizning 3 nafar a’zosi o‘n vazn toifalarida 9 ta medallar shodasini, ya’ni 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ushbu natijalardan keyin O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoasining bugungacha umumiy medallar soni 18 tani tashkil etmoqda – 2 ta oltin, 6 ta kumush, 10 ta bronza.

Bugun, 8 iyul kuni o‘smir qizlar 69 va 77 kilogramm, o‘g‘il bolalar -88, -94 kilogramm, yosh qizlar 77 kilo hamda yosh yigitlar 88 va 94 kilogramm vaznda qit’a chempionligi yo‘lidagi bellashuvlarda supaga ko‘tariladi.

Kun davomida o‘tadigan bahslarda mamlakatimiz terma jamoasining 10 nafar a’zosi qatnashadi.

Chempionat 10 iyulga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Osiyo chempionatidagi medallarimiz soni 18 taga yetdi