Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Bugungi kunda markazda 5 ta kafedra faoliyat yuritib, 34 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyat olib bormoqda. Ulardan 3 nafari fan doktori, 13 nafari fan nomzodi, 7 nafari katta o‘qituvchi va 11 nafari o‘qituvchilardir. 2024-2025 o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar tomonidan 3 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 12 ta uslubiy qo‘llanma va 15 ta uslubiy tavsiya tayyorlandi.

Dastlab markaz direktori O‘ktam Mardonov markaz faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlari va pedagoglarning malakasini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, intellektual salohiyatni oshirish hamda erishilayotgan natijalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

– Bugungi kunda markazimizda davlatimiz rahbarining 2024 yil 21 iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida ish tashkil etilmoqda, – deydi O‘ktam Mardonov. – Joriy yilning yanvar oyidan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ular har besh yilda bir marotaba ish faoliyatidan ajralgan malaka oshirish kurslarida qatnashadi. Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati” hamda “Kasbiy rivojlanish kuni”, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat soati” va “Metodik mahorat kuni” joriy etildi. Bu maktab va maktabgacha ta’lim sohasida pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

OAV vakillariga zamonaviy raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, jumladan, Meta Quest 3 virtual ko‘zoynaklari haqida ma’lumot berildi. 

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan viloyatning chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. Mobil malaka oshirish avtobusi quyosh paneli bilan jihozlangan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar – 10 dona noutbuk, interaktiv monitor, yozuv doskasi va internet tarqatuvchi qurilmalar bilan ta’minlangan.

– Farmonga ko‘ra, maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi hamda uzviyligini ta’minlash, maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, sohada faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish belgilangan, – deydi markazning maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Surayyo Mansurova. – Joriy yilning yanvar oyidan boshlab maktabgacha ta’lim sohasida pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. “Metodik mahorat kuni” doirasida tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari trenerlari tomonidan boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar o‘tkaziladi. “Metodik mahorat soati” doirasida esa direktor o‘rinbosarlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari faoliyati tahlil qilinadi, ularga metodik yordam ko‘rsatiladi va kasbiy rivojlanishi bo‘yicha tavsiyalar beriladi. 

Ushbu mobil malaka oshirish avtobusida nodavlat va davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglariga xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 

Joriy yilda markazda 5821 nafar pedagog-xodimning malakasini oshirish rejalashtirilgan. Press-tur ishtirokchilari ayni paytda markazda o‘qituvchilar va tarbiyachilarning malaka oshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. 

[gallery-22257]

– Bugungi kunda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida pedagoglarning malakasini oshirishda 5 ta markaz yo‘nalishida seminar-trening shaklida darslar tashkil qilinmoqda, – deydi kafedra o‘qituvchisi Dilfuza Jo‘rayeva. – Qurish-yasash va matematik, syujetli rol o‘yinlari va dramalashtirish, nutq va til, fan va tabiat hamda san’at markazlarida malaka oshirishga kelgan pedagoglarimiz guruhlarga bo‘lingan holda turli shakllar yasash, chizish va boshqa yo‘nalishlarda bilimlarini oshiradi hamda o‘zlari faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasasiga borganlarida amalda qo‘llaydi. 

Albatta, bugun Pedagogik mahorat markazida ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish borasida izchil ish olib borilmoqda. Innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish, pedagoglarning malakasini oshirish orqali ta’lim infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV vakillari Pedagogik mahorat markazi faoliyati bilan tanishdi