VEB.RF Rossiyaning yuqori texnologiyali uskunalarini Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berishni moliyalash bilan bogʻliq bir qator investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish doirasida strategik hamkori hisoblanadi.

“Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” (keyingi oʻrinlarda – Oʻzmilliybank) “VEB.RF” Davlat rivojlanish korporatsiyasi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ elektrovozlari parkini kengaytirish uchun “Novocherkasskiy elektrovozostroitelnыy zavod” MCHJ (Rossiyskaya Federatsiya) tomonidan ishlab chiqarilgan beshta magistral yuk tashuvchi elektrovozlarni yetkazib berish boʻyicha qiymati 14,3 mln.yevroga teng kredit liniyasini ochish boʻyicha bitimni imzoladi.

Avval shu yilning 23-24-aprelida Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi konferensiyasi doirasida “VEB.RF” Davlat rivojlanish korporatsiyasining raisi I.I.Shuvalov bilan muzokaralar oʻtkazildi va uning davomida Rossiya tomoni joriy loyihalarni moliyalashni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.

VEB.RF bilan tuziladigan bitimning raqobat ustuvorligi Rossiya Federatsiyasi tomonidan subsidiyalar ajratish mexanizmining qoʻllanilishi hisobidan kredit resurslarining jozibali foiz stavkalari boʻyicha jalb qilinishi imkoniyati bilan izohlanadi.

Hamkorlik doirasida bugungi kunda umumiy qiymati 188 mln.yevroga teng 4 ta kredit bitimi tuzilgan hamda gidroenergetikayu issiqlik energetikasi va transport sohalaridagi loyihalar moliyalanmoqda.

“VEB.RF” Davlat rivojlanish korporatsiyasiga 1922-yilda asos solingan boʻlib, u Rossiyaning rivojlanish boʻyicha eng yirik instituti hisoblanadi, 51 mlrd.AQSH dollariga teng aktivlari bor. Ushbu tashkilot Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotining raqobatbardoshligiga va uni innovatsion asosda modernizatsiya qilishga koʻmaklashadi.

Bank matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oʻzmilliybank” AJ Oʻzbekiston Respublikasiga Rossiyada ishlab chiqarilgan 5 ta zamonaviy magistral elektrovozlarni yetkazib berish boʻyicha loyihani moliyalashni boshlab berdi
Иқтисодиёт
14:20 / 17:05:2020