Jahonning har bir davlatida bo‘lgani kabi Slovakiyada ham o‘z bayramlari bor.

Jahonning har bir davlatida bo‘lgani kabi Slovakiyada ham o‘z bayramlari bor. Shu bayramlar orasida Konstitutsiya kuni alohida ajralib turadi. Ananaga ko‘ra, Konstitutsiya kuni mamlakatda turli tadbirlar bo‘lib o‘tadi, jumladan poytaxtdagi — Bratislava Gradi deb nomlanmish mashhur qala tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini bepul ochadi. Mazkur arxitektura inshooti XX asr o‘rtalarida vayronalar ustida qayta tiklangan bo‘lib ming yillik slovak tarixini namoyon qiladi. Bayram munosabati bilan Bratislavada xalq hunarmandlarining ananaviy yarmarkasi o‘tkaziladi.

Mazkur bayram munosabati bilan kuni kecha Slovakiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan qabul marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

Slovakiyaning O‘zbekistondagi Favqulotda va muxtor elchisi Yan Bori o‘zining tabrik so‘zida “Slovakiya va O‘zbekiston o‘zlarining milliy bayramlarini bir kunda – 1 sentabr kuni nishonlashlarini mamnuniyat bilan qayd qilaman” dedi. U mustaqillikka erishilgan1993 yildan beri Slovakiya yuqori iqtisodiy taraqqiyotga erishish maqsadida katta yo‘lni bosib o‘tganini ham ta’kidlab o‘tdi. Buning samarasi o‘laroq 2018 yilda eksport 80 milliard yevroga yetdi, import esa 77 milliard yevroni tashkil qildi. 2019 yilning besh oyi davomida eksport 7.6 foizga, import esa 7.8 foizga oshdi.

Ikki tomonlama munosabatlarga to‘xtalib o‘tgan Slovakiya elchisi shunday dedi: «Biz O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida o‘zbek xalqi qo‘lga kiritayotgan yutuqlarni qiziqish bilan kuzatib borayapmiz. Yevropa Ittifoqining a’zosi bo‘lmish Slovakiya barcha sohalarda O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalari kengayishidan manfaatdordir. Bu borada Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston muhim rol o‘ynaydigan Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan Yangi Strategiyasi muhim instrument bo‘ladi. Ayni damda Slovakiya Yevropada hamkorlik va xavfsizlik tashkilotiga raislik qilmoqda. Raisligimiz doirasida O‘zbekiston bilan keng qamrovli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatladan foydalanish mumkin. Joriy yildan boshlab Slovakiyada «Slovak Sharing Experience” yangi dasturi ochildi, bu dastur islohatlar jarayoni borasidagi Slovakiya tajribasini o‘rganish imkoniyatini yaratib beradi».

Yan Bori o‘z so‘zida, Slovakiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, slovak tadbirkorlarining o‘zbekistonlik sheriklar bilanhamkorlik qilishlariga qiziqishi ortayotgan ekan. 2019 yilning besh oyi mobaynida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi oshdi. Slovakiyaning O‘zbekistonga eksporti 26 foizga, O‘zbekistonning Slovakiyagaeksporti 300 (uch yuz) foizga ko‘paydi. Uning fikricha, ijtimoiy sohalarda ham o‘zaro aloqalar rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonda viza rejimining bekor qilinishi, turizm, sport, fan va ta’lim sohasiga yangiliklarning kiritilishi tufayli ikki tomonlama aloqalar kengaymoqda. “Bu borada talabalar, o‘qituvchi va olimlar o‘rtasidagi almashinuvni alohida ta’kidlab o‘tish kerak”, dedi Slovakiya elchisi.

Do‘stona ruhda o‘tgan tadbirda Slovakiyadan tadbir uchun atay tashrif buyurgan estrada xonandasi Monika Stanislavova va opera xonandasi Yuraya Xavayaning chiqishi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning Slovakiyaga eksporti 300 foizga ko‘paydi
Жамият
12:09 / 23:09:2019