Oʻzbekistonning eng yaxshi OTMlar reytingi eʼlon qilindi
Reytingdagi kuchli uchtalikni Toshkentdagi OTMlar egallagan.
Reytingdagi kuchli uchtalikni Toshkentdagi OTMlar egallagan.
Oʻzbekistonning eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari reytingi eʼlon qilindi, deb xabar berdi UniRank. Repostʻning yozishicha, reytingda kuchli uchtalikni Toshkentdagi OTMlar – Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkentdagi Inha universiteti egallagan.
Ushbu reyting quyidagi meʼzonlarga asoslanib tuzilgan:
• Oʻzbekistondagi OTMlarning davlat organlari tomonidan litsenziyalash va / yoki akkreditatsiyalash;
• kamida toʻrt yillik bakalavr va / yoki boshqa taʼlim darajalarini (magistratura va doktorantura) taʼminlash vakolati;
• taʼlimni asosan anʼanaviy shaklda oʻqish joyida oʻtkazilishini taʼminlash.
Qayd etilishicha, UniRank Oliy taʼlim muassasalari boʻyicha yetakchi xalqaro axborot va qidiruv tizimi hisoblanadi. Unda dunyoning 200 ta mamlakatlari boʻyicha 13 600 dan ortiq rasman tan olingan universitetlar haqidagi maʼlumotlar va reytinglar taqdim etilgan.
Reytingdan oʻrin olgan universitetlarning toʻliq roʻyxatini UniRank rasmiy saytidan koʻrish mumkin.