Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻonning taklifiga binoan 19-20-fevral kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻldi.
Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti
Davlatimiz rahbarining Turkiya tashrifi kutilganidan ham samarali boʻldi. Davlat rahbarlari 19-fevral kuni Anqara shahrida dastlab tor doirada muzokara oʻtkazdi. Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Muzokaralarda mamlakatlarimiz hamkorligiga oid barcha masalalar va ularning yechimlari, istiqboldagi asosiy vazifalar hamda qoʻshma loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi natijalari toʻgʻrisida Qoʻshma bayonot, shuningdek, iqtisodiyot, savdo, texnologiyalar sohasiga oid hujjatlar imzolandi.
Tashrifning ikkinchi kunida davlatimiz rahbari Turkiyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
OʻzA muxbiri ushbu tashrif va uning natijalari haqida turkiyalik siyosatchilar, ishbilarmon doiralar vakillari hamda Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolaridan intervyular oldi:
Lutfi ELVAN, Turkiya Buyuk millat majlisi rejalashtirish va byudjet ishlari boʻyicha komissiya raisi:
– Turkiya va Oʻzbekiston Prezidentlari hamraisligida oʻtgan ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishida fan-taʼlim, sogʻliqni saqlash, sanoat, qishloq xoʻjaligi kabi koʻplab sohalarda mushtarak ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi. Bu sohalarda qator kelishuvlarga erishildi. Men bu kengash yigʻilishini yuksak baholayman.
Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan muhim uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev turkiyalik tadbirkorlar bilan dildan suhbatlashdi, ularning takliflarini tingladi, mutasaddilarga bu borada aniq topshiriqlar berdi. Ishbilarmonlar ushbu yigʻilishdan juda mamnun boʻldi.
Bugundan eʼtiboran, Turkiya va Oʻzbekiston hamkorlikning yangi formatiga asos soldi. Oʻzbekiston Turkistonning qadimiy markazi, ilm-maʼrifat va madaniyat oʻchogʻidir. Ushbu tashrif doirasidagi uchrashuvlar qisqa davrda yurtingizning turkiy davlatlar oʻrtasida yuksak taraqqiyotga erishishidan dalolat berdi. Biz bunga qatʼiy ishonamiz. Albatta, biz ham qarab turmaymiz, Oʻzbekistonga kerakli har qanday yordamni ayamaymiz.
– Prezident Shavkat Mirziyoyevni Turkiyada koʻrib turganimizdan juda xursand boʻldik. Biz davlatingiz rahbari bilan uchrashuv oʻtkazdik. Oʻzbekiston – bizning ota Vatanimiz. Turk ishbilarmonlari sifatida, Turkiyada amalga oshirgan loyihalarni ota Vatanda-da hayotga tatbiq etishni istaymiz. Toʻgʻrisini aytganda, bugungi yigʻilishda muhtaram Shavkat Mirziyoyev bizga ishonch va jasorat berdi.
– Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari bilan uchrashganimdan baxtiyorman. Dunyoda masalaga bunday chuqur yondashadigan, bir kunda koʻp ishni bitiradigan yetakchilar juda kam.
“
Prezident Janobi Oliylari Oʻzbekistonda xorijlik tadbirkorlar uchun maxsus qonunlar chiqarilib, huquqiy asos yaratilganini aytdi. Endi biz infratuzilmani tayyorlab, loyihani amalga oshirishimiz zarur.
Ishonamizki, bu sanoat zonasi xorijdan sarmoyalar oqimi koʻpayishiga, boshqa shunday zonalarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Anvar YUJEL,
– Oʻzbekistonga tibbiy taʼlim yoʻnalishida sarmoya kiritmoqchiman. Prezidentingiz bilan uchrashuvda bu haqda batafsil maʼlumot berdim. Yettita davlatda universitet ochganmiz, 200 mingga yaqin tibbiyot mutaxassisi tayyorlaganmiz. Ayni yoʻnalishda 52 yillik tajribaga egamiz.
Oʻzbekistonda, dastlab Toshkent shahrida bolalar bogʻchasidan tortib, universitetgacha boʻlgan loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Universitetimiz tibbiyot yoʻnalishida faoliyat olib boradi, uning yonida shifoxona quriladi. Ular bir-biri bilan bogʻliq boʻladi, nazariya va amaliyot uygʻunlashadi. Ushbu majmualar binolarini tez fursatlarda qurishga rozilik oldik. Bir yil ichida oʻz faoliyatimizni yoʻlga qoʻyamiz.
– Oʻzbekiston bank-moliya sektori bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilib
Oʻzbekistonda turli loyihalarni moliyalashtirish, kelgusida qaysi sohalarga eʼtibor berish biz uchun juda muhim. Asosan qishloq xoʻjaligi, turizm, mehmonxonalar qurilishi, ishlab chiqarish sohalariga koʻproq mablagʻ ajratishni rejalashtirganmiz. Buning uchun davlatingiz har tomonlama koʻmak berishga tayyor ekani bizni mamnun qilmoqda.
Aynan TUGʻLI, Turkiya Prezidenti devoni Xalq kutubxonasi direktori:
– Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasi Turkiyaning eng katta kutubxonasiga aylandi. Qurilish ishlari taxminan uch yil davom etdi. Kutubxonada 400 mingta bosma adabiyot, ayni vaqtda 2 millionta kitob va 2
Kutubxonada ilmiy izlanishlar olib borish uchun barcha sharoit bor. Mutolaa, guruh bilan ishlash zallari va kutubxona yuragi deb ataydiganimiz
Oʻzbekiston Prezidenti bu borada tashabbus koʻrsatib, nodir kitoblarni kutubxonamizga sovgʻa qilganidan behad mamnun boʻldik. Kelgusida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikni kuchaytirib, oʻzaro tajriba almashish, noyob asarlar va qoʻlyozmalarni oʻrganish, birgalikda loyihalarni amalga oshirish niyatidamiz. Bu borada Oʻzbekistonning bizga bu qadar eʼtibori quvonarlidir.
Sardor UMRZOQOV, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri:
– Anqarada oʻtgan Oliy darajadagi Oʻzbekiston – Turkiya strategik hamkorlik kengashi yigʻilishi va Turkiya ishbilarmonlari vakillari bilan uchrashuvdagi ruh mamlakatlarimiz hamkorligi tarixida hali kuzatilmagan. Davlatimiz rahbari Turkiya kompaniyalari bilan aloqalarni har tomonlama mustahkamlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Hozir turkiyalik sarmoyadorlar mamlakatimizga oʻzlari investitsiya kiritishni taklif
Oʻtgan uch yilda Turkiya bilan oʻzaro savdo aylanmasi 2 barobar oshdi. Joriy yilda bu koʻrsatkichni 3 milliard dollarga yetkazish koʻzlangan. Prezidentimiz yaqin yillarda tovar almashuvini 10 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyat mavjudligini taʼkidladi. Bu borada mamlakatlarimiz oʻrtasida
Biz endi Turkiya bilan loyihadan – loyihagacha emas, balki tizimli yondashuv asosida ishlaymiz. Moʻljallangan rejalar koʻp. Ular tatbiq etilsa, Turkiya bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar yana-da kengayadi.
Alisher SHODMONOV, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri:
– Biz Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri bilan shartnoma va “yoʻl xaritasi” imzoladik. Shuningdek, Turkiyaning “HMG” kompaniyasi bilan mamlakatimizda elektron sogʻliqni saqlash, raqamlashtirishni joriy etish boʻyicha kelishuvga erishdik. Ushbu tizim joriy yilda Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida tatbiq etiladi. Kelasi yildan boshlab boshqa viloyatlarda joriy etilishi koʻzda tutilgan.
Muhim masalalardan biri – tibbiyot kadrlarini tayyorlash boʻlib, bu borada Turkiyaning
Adham IKROMOV, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi:
– Mamlakatimizda oʻtgan ikki yilda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun huquqiy tizim yaratildi. “Investitsiya toʻgʻrisida”gi qonun, yangi Soliq kodeksi qabul qilindi, bojxona tartiblari soddalashtirildi.
Tadbirkorga sharoit yaratilgani bilan unda yetarli bilim boʻlmasa muvaffaqiyatli ishlab ketolmaydi. Oʻtgan yili mamlakatimizda 93 ming tadbirkorlik subyekti tashkil etildi, lekin ularning hammasi ham menejment, biznes yuritishdan xabardor emas. Shu bois bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, dunyo bilan “gaplashadigan” tadbirkorlarni tayyorlash oʻta dolzarb. Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi yakunida Turkiya Palatalar va tovar birjalari ittifoqi huzuridagi Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik bitimi imzoladik. Bitimga koʻra, joriy yilda yurtimizda ushbu universitet filialini tashkil etish va talabalarni qabul qilish koʻzda tutilmoqda.
Davlatimiz rahbari ishbilarmonlar bilan uchrashuvda mazkur filial iqtisodiyot, texnologiya va tadbirkorlik boʻyicha faoliyat yuritishini, uni bitiradigan yoshlar tayyor tadbirkorlar boʻlib chiqishi lozimligini qayd etdi. Turkiya tomoni bilan filialni tashkil etish masalasi gaplashib olindi, joy ajratilgani maʼlum qilindi. Shubhasiz, bu islohotlar Oʻzbekistonda malakali tadbirkorlarni tayyorlash bilan birga, yaqin kelajakda oʻrta biznes qatlamining shakllanishiga yoʻl ochadi.
Umida TESHABOYEVA, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori:
– Davlatimiz rahbari Anqara shahrida Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Bu Prezidentimizning kitobxonlikka qaratayotgan eʼtibori, yurtimizdagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yana bir eʼtirofi boʻldi. Chunki hech bir davlatda kitobxonlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan emas.
Bugungi kunda kutubxonalar mutolaa maskanigina emas, balki muloqot oʻrnatiladigan, yirik anjumanlar oʻtkaziladigan maskanga aylandi. Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasiga xorijiy davlatlardan faqat Oʻzbekiston Prezidenti taklif etilgani kitobga, maʼrifatga intilish xalqlarimizning qonida borligini anglatadi. Turkiya rahbari
OʻzA maxsus muxbiri
Matnazar ELMURODOV
yozib oldi.