2014-yil 16-iyulda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. 

2014-yil 16-iyulda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda joriy yilning I yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari chiqarildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2014-yil 17-yanvarda respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2014-yil uchun iqtisodiy dasturning yo‘nalishlari va muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Majlisda mamlakatni rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, shuningdek, eng avvalo, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashning qabul qilingan dasturlari amalga oshirilishini jadallashtirish, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish hisobiga iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirish strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, aholining farovonligini, hayoti darajasi va sifatini izchil oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi har tomonlama ko‘rib chiqildi va chuqur tahlil qilindi.

Jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi kuchayib borayotgan tahdidlar va qarama-qarshiliklarga qaramay, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini izchil va aniq maqsadni ko‘zlab amalga oshirish, o‘sishning mavjud manbalarini safarbar qilish tufayli O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiyot o‘sishining barqaror yuqori sur’atlarini saqlab qolish ta’minlanayotganligi qayd etildi. Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 8,1 foizni, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmlari o‘sishi – 8,1 foizni, qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlari o‘sishi – 17,4 foizni tashkil etdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdoridagi profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi prognoz parametrlardan oshmadi.

Ichki talabni rag‘batlantirish, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni tubdan ko‘paytirish hamda xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 10,8 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi – 13,7 foizga va pullik xizmatlar hajmi – 9,7 foizga o‘sishini ta’minladi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotida xizmatlar sohasining ulushi 2013-yilning birinchi yarim yilligi natijalari bo‘yicha 52,4 foiz o‘rniga 52,7 foizgacha o‘sdi.

Eksport qiluvchi korxonalarning eksport salohiyatini rag‘batlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash, oldin o‘z mahsulotlarini eksport qilmagan korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar eksport hajmlarining 8 foizga o‘sishini va tashqi savdo aylanmasining salmoqli ijobiy saldosini ta’minlash imkonini berdi.

Respublikaning agrar sektori tadrijiy o‘sish sur’atlari bilan rivojlanmoqda, qishloq joylarni obodonlashtirish, qishloq aholisi uchun shinam yashash shart-sharoitlari yaratish chora-tadbirlari faol amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlari 6,9 foizga o‘sishi ta’minlandi. Donning 8 million tonnadan ortiq rekord hajmi yetishtirildi va yig‘ishtirib olindi. Uy-joylar quriladigan yangi qishloq massivlarida 2014-yilga mo‘ljallangan 11000 ta namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uylarning 4486 tasi foydalanishga topshirildi.

Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirishning har yilgi dasturini tizimli amalga oshirish tufayli joriy yil boshidan boshlab 506,4 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Ulardan 303,2 mingtadan ortig‘i yoki 59,9 foizi qishloq joylarda tashkil etildi.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida onalik va bolalikni muhofaza qilishni, ta’lim sifatini oshirishni, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etishni ta’minlash tadbirlari amalga oshirilmoqda, ularni moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan 3,1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

Vazirlar Mahkamasining majlisida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga 2014-yil uchun belgilangan barcha asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning qabul qilingan kompleks dasturlari prognoz parametrlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha kompleks qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.

Majlis kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2014-yil 17-yanvarda respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan topshiriqlar va vazifalarga muvofiq ishlab chiqilgan zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirishning natijadorligi va samaradorligini batafsil tahlil qilishga asosiy e’tibor berildi.

144 ta zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ni faol amalga oshirish tufayli 109 ta korxonani zarar ko‘rib ishlashdan va moliyaviy nobarqarorlikdan chiqarish ta’minlanganligi qayd etildi. Qayta tashkil etilayotgan korxonalarda umumiy summasi 3,1 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va xizmatlar ko‘rsatildi, shu jumladan, qariyb 118 million AQSh dollarilik mahsulot eksportga sotildi. Yirik sanoat korxonalarida 1330 birlik eskirgan asbob-uskuna yangilandi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini o‘rtacha 8,9 foizga pasaytirishga erishildi.

Muhokama jarayonida bir qancha kompaniyalar, yirik korxonalar va viloyatlar hokimliklari rahbarlari oldiga ayrim zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan tadbirlar zarur darajada tashkil etilishi hamda o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishni ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar qo‘yildi. Korxonalarning o‘zaro hisob-kitoblari holatini yanada yaxshilash, ularning debitorlik va kreditorlik qarzdorligini tubdan qisqartirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Majlisda sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashning qabul qilingan dasturlari doirasida 2014-yilga mo‘ljallangan muhim ishga tushirish obyektlarini foydalanishga topshirishni ta’minlash ishlarining holati har tomonlama va chuqur tahlil qilindi. Muhim yuqori texnologik va zamonaviy obyektlar va quvvatlarni ishga tushirishni tezlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlarini chuqurlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan faol investitsiya siyosati va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmlari 10,8 foizga, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 28,8 foizga o‘sishiga ko‘maklashganligi qayd etildi. Joriy yil boshidan boshlab 2014-yil uchun Investitsiya dasturiga kiritilgan umumiy qiymati 680 million dollar bo‘lgan 64 ta loyihani amalga oshirish tugallandi. 1651 ta yangi ishlab chiqarish obyekti foydalanishga topshirildi.

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining e’tibori yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, infratuzilma va ijtimoiy soha obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirishni ta’minlaydigan amaliy chora-tadbirlar ko‘rish zarurligiga qaratildi. Shuningdek, navbatdagi yilga Investitsiya dasturini ishlab chiqish, uni respublika hududlarini, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan o‘rtacha muddatli kompleks dasturlar bilan o‘zaro bog‘lashni ta’minlash yuzasidan asosiy masalalar va tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi.

Majlisda investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishni tanqidiy tahlil qilishga jiddiy e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil aprel oyida qabul qilingan hujjatlariga muvofiq 22 ta ruxsat beruvchi tartibotlar bekor qilinganligi, 21 ta ruxsat beruvchi tartibotni rasmiylashtirish muddatlari 2,1 baravar, shuningdek, faoliyatning 11 turi bo‘yicha litsenziyalarni va ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni rasmiylashtirishda yig‘imlar miqdori o‘rtacha 4 baravar qisqartirilganligi qayd etildi. Hujjatlarni taqdim etish yoki vakolatli organlar bilan kelishish bo‘yicha ortiqcha talablar bekor qilinishi hisobiga 31 ta ruxsat beruvchi tartibot bo‘yicha rasmiylashtirish tartib-qoidasi soddalashtirildi. Joriy yilning oxirigacha davlat xizmatlarining eng ko‘p talab qilingan 23 ta turini internet tarmog‘i orqali interaktiv shaklga o‘tkazish nazarda tutildi.

Kichik ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun kichik biznes subyektlariga umumiy summasi 25,5 milliard so‘mlik 86 ta davlat aktivlari sotildi, davlat mulkining 19,4 mingta foydalanilmayotgan obyektlari ijaraga berildi. Banklar tomonidan ularga 4,8 trillion so‘m miqdorida yoki 2013-yilning birinchi yarim yilidagiga qaraganda 1,3 baravar ko‘p kreditlar berildi. Ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi mamlakatning yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga va milliy iqtisodiyotning baraqarorligiga, aholining, ayniqsa, qishloq joylardagi aholining ish bilan bandligi va moddiy farovonligini oshirish masalalarini hal etishga tadbirkorlikning ulushini jiddiy ravishda oshirishni ta’minladi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar kichik biznes ulushining sanoatda – 27 dan 28,4 foizgacha, bandlikda – 75,8 dan 76,4 foizgacha o‘sishini ta’minladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “O‘zgeodezkadastr” davlat qo‘mitasi va Davlat raqobat qo‘mitasi rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 2-iyuldagi “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat mulki obyektlarining bo‘shab qolayotgan yer uchastkalari bazasida tashkil etiladigan kichik sanoat zonalarida joylashtirishni jadallashtirish, ularda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda yangi ishlab chiqarishlarni, xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasi obyektlarini tashkil etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha respublika vazirliklari, idoralari, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxonalari va viloyatlar hokimliklarining rahbarlari so‘zga chiqdilar. Respublika Hukumati majlisiga kiritilgan masalalarni muhokama qilish yakunlari bo‘yicha 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot