Janobi Oliylari!

Janobi Oliylari!

O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifim davomida Siz va o‘zbek xalqi tomonidan menga ko‘rsatilgan izzat-ikrom uchun Sizga samimiy minnatdorlik izhor etaman.

Oliy darajada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlatlarimiz nafaqat energetika sohasi, balki “elektron hukumat”, axborot texnologiyalari, to‘qimachilik va mudofaa sanoati, qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit, infratuzilma va boshqa ko‘plab sohalarda turli hamkorlik loyihalarini birgalikda amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvga erishdi. Siz bilan kelishib olgan muhim loyihalarni bekamu ko‘st, to‘la amalga oshirish uchun yaqindan hamkorlik qilishimizga ishonaman.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijasida mamlakatlarimiz o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida birgalikda ravnaq topishga intilayotgan strategik sheriklar ekaniga amin bo‘ldim. Prezident Janobi Oliylari, Sizning xalqaro va mintaqaviy masalalar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalaringiz, shuningdek, O‘zbekistondagi koreys diasporasiga qaratayotgan e’tiboringiz meni hayratga soldi va chuqur taassurot qoldirdi.

Janobi Oliylari, men yana shuni alohida minnatdorlik bilan ta’kidlamoqchimanki, Toshkent shahri aeroportida meni shaxsan kutib oldingiz, Samarqand shahriga men bilan birga bordingiz. Bu bilan samimiy mehmondo‘stligingizni namoyon etdingiz. “Afrosiyob” muzeyidagi devoriy rasmlarda aks ettirilgan Koguryo davri elchilarining tasviri Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy tajribasi bizning kunlarimizda yagona Yevroosiyoda yana mujassamlasha olishiga ishonchimni mustahkamladi.

Prezident Janobi Oliylari, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stona munosabatlardan manfaatdor ekanligingiz va uni astoydil qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun Sizga minnatdorlik bildirishimga ijozat bergaysiz. Sizga mustahkam sog‘liq, O‘zbekiston Respublikasiga esa yuksak ravnaq va taraqqiyot tilayman.

Pak Kin Xe,
Koreya Respublikasi Prezidenti

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga