O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2016-yil 4-sentabr yakshanba dam olish kuni 2016-yil 2-sentabr juma kuniga ko‘chirilsin;
2016-yil 4-sentabr yakshanba kuni ish kuni deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2016-yil 26-avgust