O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10-sentabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10-sentabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ularda davlatimiz rahbarining nutqida bildirilgan asosiy fikrlarga alohida e’tibor qaratilgan ko‘plab materiallar chop etilgani ham bundan dalolat beradi.

Xususan, Bi-Bi-Si O‘zbek xizmati (bbc.com/uzbek) Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida islom olamining muammoli masalalari, avvalo, ilm-fan va texnologiyalar borasida rivojlangan davlatlardan sezilarli darajada orqada qolayotganini ta’kidlaganini qayd etgan.

Internet nashr Prezidentimizning Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish bo‘yicha tashabbusiga alohida e’tibor qaratgan.

Shuningdek, Bi-Bi-Si Shavkat Mirziyoyevning musulmon olamida fan va texnologiyalar taraqqiyoti darajasiga bergan bahosiga, IHTga a’zo davlatlar katta moliyaviy salohiyatga ega bo‘lsa-da, iqtisodiyotga innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishda faollik ko‘rsata olmayotganini afsus bilan qayd etganiga, fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qo‘shilgan hissa uchun Islom hamkorlik tashkilotining xalqaro mukofotini ta’sis etish va uni keng ommalashtirish tashabbusiga o‘quvchilar diqqatini qaratgan.

«Ozodlik» radiosi (ozodlik.org) O‘zbekiston Prezidenti musulmon mamlakatlari olimlarining fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini munosib taqdirlash maqsadida IHT mukofotini ta’sis etishni taklif qilgani, bu, ayniqsa, yosh olimlarga ilmiy-texnologik yo‘nalishlardagi izlanishlarini yanada faollashtirishga rag‘bat bo‘lishini qayd etgan.

Uaport.net internet nashri o‘z maqolasida bunday yozadi: «O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom olami jahon ilm-fani va sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan faxrlanishga to‘la haqli ekani, Markaziy Osiyo hududi esa Sharq Renessansining yirik markazi sifatida ma’lum va mashhur bo‘lganini ta’kidladi. Algoritm asoschisi Al-Xorazmiy, qomusiy olim Al-Farg‘oniy, ko‘plab fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Ibn Sinoning boy ilmiy va ma’naviy merosining beqiyos ahamiyati tobora ortmoqda".

"Biz Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha Doimiy qo‘mitasi faoliyatini yuksak baholaymiz va uning ishida yanada faol ishtirok etishni rejalashtirganmiz. Tashkilotimizning mazkur yo‘nalishda o‘n yillik harakatlar dasturi natijalari belgilangan maqsadlarga erishilganidan dalolat beradi, deya ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti», deb yozadi internet nashri.

vb.kg internet portali Shavkat Mirziyovning IHTga a’zo davlatlar oliy ta’lim muassasalarining xalqaro darajasi pastligi borasidagi so‘zlariga e’tibor qaratgan: «A’zo davlatlarning faqatgina 11 ta oliy ta’lim muassasasi jahonning 500 ta eng yaxshi universiteti reytingidan o‘rin olgan, xolos. Yoki 2015-yilda dunyo bo‘yicha patent olish borasidagi murojaatlarda bu mamlakatlarning hissasi atigi biru o‘ndan to‘qqiz foizni tashkil etgan».

Sputniknews-uz.com davlatimiz rahbarining IHTga a’zo ayrim davlatlar o‘z moliyaviy salohiyatidan fan va texnologiyalarni rivojlantirishda foydalanmayotgani to‘g‘risidagi so‘zlarini keltiradi: «Aksariyat musulmon mamlakatlari boy tabiiy zaxiralarga, katta moliyaviy salohiyatga ega bo‘lsa-da, iqtisodiyotga innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishda faollik ko‘rsata olmayotganini afsus bilan qayd etish lozim».

«O‘zbekiston rahbari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda global iqlim o‘zgarishi masalasiga ko‘proq e’tibor qaratish, yuqori samarali komputer markazlarini yaratish, yosh olimlar va yoshlar bilan kompleks ishlash orqali ushbu vaziyatdan chiqish mumkinligini ta’kidladi», deb qayd etadi manba.

Kazpravda.kz nashri IHT Doimiy qo‘mitasining a’zo davlatlar hududida oltita Yuqori samarali komputer markazini tashkil etish to‘g‘risidagi tavsiyasiga muvofiq, davlatimiz rahbari O‘zbekiston shunday markazlardan birini o‘z hududida joylashtirishga tayyor ekanini bildirgani hamda Musulmon olami yosh olimlari xalqaro markazini tuzishni taklif etganiga alohida e’tibor qaratgan.

Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi IHT Fan va texnologiyalar sammitini O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ham xorijiy ommaviy axborot vositalarining alohida e’tiborini tortdi.

Mazkur masala haqida to‘xtalar ekan, Kant.kg davlatimiz rahbarining quyidagi so‘zlarini keltiradi: «A’zo davlatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi, aholining munosib hayot darajasini ta’minlash maqsadida Fan va texnologiyalar bo‘yicha sammitni har uch yilda bir marta o‘tkazishni va ushbu taklif qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, keyingi sammitni 2020-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyor ekanimizni bildirmoqchiman».

Ushbu tashabbus ca-news.org veb-sayti materialida ham o‘z aksini topgan: «Ostona sammitida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHTning Fan va texnologiyalar bo‘yicha sammitiga mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi».

Internet nashri O‘zbekiston rahbarining ushbu tashabbusi Tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanganini qayd etadi hamda IHT Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammiti Ostona deklaratsiyasi bandlaridan birini keltiradi: «Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar O‘zbekiston Prezidentining IHT Fan va texnologiyalar bo‘yicha ikkinchi sammitini O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini mamnuniyat bilan qabul qiladilar».

«Biz IHT Bosh kotibiyati va KOMSTEK (IHTning Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha Doimiy qo‘mitasi)ni O‘zbekiston hukumati bilan O‘zbekistonda IHT Fan va texnologiyalar bo‘yicha ikkinchi sammitini chaqirishga kerakli tayyorgarlik ishlarini boshlashga vakolat beramiz», deyiladi deklaratsiyada.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan IHT sammitidagi nutqi ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, internet tarmog‘i foydalanuvchilari tomonidan ijobiy baholandi va faol qo‘llab-quvvatlandi. Nutq bo‘yicha ko‘plab izohlar bildirilgani va undagi fikrlar turli nashrlarda qayta chop etilgani ham shundan dalolat beradi.

Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbari tomonidan IHT sammitida Tashkilotning fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi sa’y-harakatlarini faollashtirishga doir bildirilgan tashabbuslar internet hamjamiyati tomonidan yuksak baholandi va keng qo‘llab-quvvatlandi, bugun ham internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlar diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidentining tashabbuslari –xorijiy ommaviy axborot vositalari diqqat markazida