O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘ldi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘ldi. Shu o‘tgan davr ichida nima o‘zgardi? Nimani o‘zgartirish kerak?

Raqamlar tilga kirganda...

Internet ma’lumotlariga nazar soladigan bo‘lsak, sayyoramiz aholisi 7111 tilda so‘zlasharkan. Ana shu tillarning atigi bir foizida (70 ta tilda) Yer shari aholisning 90 foizi gaplashadi. Qolganlari juda kam miqdorda aholi gaplashadigan, yo‘qolib ketish arafasida turgan tillardir. Har ikki haftada Yer yuzida bitta til umuman yo‘qolib ketmoqda.

Quvonarlisi shuki, bizning tilimiz ana shu barqaror 1 foizga kiradi. O‘zbek tilida Yer yuzida 40 millionga yaqin aholi gaplashadi. Bu Yer yuzida har 200 nafar odamdan biri o‘zbek tilida so‘zlaydi, deganidir. Boshqacha aytganda, o‘zbek tili so‘zlashuvchilar soniga ko‘ra sayyoramizda eng keng tarqalgan 40 ta tildan biridir. (Bu tillarning har birida kamida 30 million aholi gaplashadi).

Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilining xalqaro maqomi havas qiladigan darajada. Bugun bu til mamlakatimizning davlat tili bo‘libgina qolmay, qo‘shni Afg‘onistonning rasmiy tillaridan biri hisoblanadi. Bu mamlakat shimolidagi sakkizta viloyat aholisining katta qismini o‘zbeklar tashkil qiladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni Tojikiston aholisining 13, Qirg‘izistonning 15, Qozog‘istonning 4, Turkmanistonning 6 foiz aholisi o‘zbek tilida gaplashadi. Bundan tashqari, Turkiya, Xitoy, Eron, Rossiya, AQSh, Shvesiya, Latviya, Ukraina, Mo‘g‘uliston singari mamlakatlarda ham o‘n minglab millatdoshlarimiz yashaydi.

“O‘zbegim boshida qalpoq...”

Shu o‘rinda tilimiz tarixiga ham bir qur ko‘z tashlaylik. Mutaxassislar fikricha, o‘zbek tilining tarixi bir necha ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Uning ilk ildizlari Markaziy Osiyo hududida yashagan qadimgi turkiy elatlar – sak, xunnu, qang‘li, chigil, yag‘mo, qarluq, qipchoq singari o‘nlab qabilalarga borib taqaladi.

VII-VIII asrlarga mansub O‘rxun-Enasoy obidalari barcha turkiy xalqlar qatori bizning ham qadimiy boyligimiz, merosimiz sanaladi. Buyuk ajdodimiz Bilga Hoqon 711 yilda o‘z bitiktoshida qadimgi turk tilida “ey turkiy elim. Sen o‘zingni angla, o‘zligingga qayt, shunda yuksalasan!” deya kelgusi avlodlarga vasiyatnoma bitgan edi.

O‘rta asrlarda Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy singari allomalar o‘z asarlarini turkiyda bitib, tilimizning rivojiga hissa qo‘shishdi. Buyuk mutafakkir Hazrat Alisher Navoiy esa chin ma’noda bugungi o‘zbek adabiy tilining poydevorini mustahkamladi. Uning tashabbusi bilan ona tilimiz Xuroson mulkining davlat tiliga aylandi. Navoiy ilk bor o‘zbek tilida “Xamsa” yaratib, buyuk devonlar tuzib, uning boshqa tillardan kam emasligini isbot etdi. O‘z baytlarida nafaqat o‘zbek tilining boyligi va nafosati, balki o‘zbek elining milliy qiyofasi, qadriyatlarini ham tarannum etdi:

Shoh toju xilqatikim, men tamosho qilg‘ali,

O‘zbegim boshida qalpoq, egnida shirdog‘i bas.

O‘zbek tilidan temuriylardan tashqari, turli davrlarda Oltin O‘rda, shayboniylar, ashtarxoniylar, o‘zbek xonliklari davrida ham asosiy til sifatida foydalanilgan. 1870 yilda o‘zbek tilidagi ilk gazeta “Turkiston viloyatining gazeti” chop etila boshlagan. XX asr boshlarida o‘zbek tili Buxoro va Xorazm Respublikalari (BXSR va XXSR)ning, Turkiston Muxtoriyati va Turkiston ASSRning, keyinchalik O‘zbekiston SSRning rasmiy tili bo‘lgan. Faqat 1989 yilning 21 oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.

YuNESKO tashkiloti ekspertlarining qayd etishicha, davlat tili – siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda ma’lum bir davlatda integratsiya (birlashtiruvchi) vazifasini amalga oshiradigan, shuningdek, ushbu davlatning ramzi sanaladigan tildir.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuniga (yangi tahrir) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elat tillariga hurmat ko‘rsatiladi va ularning rivoji uchun sharoitlar yaratiladi. Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi millat va elatlarning bir necha tillarida efirga uzatiladi va chop etiladi.

O‘zbek tili o‘z maqomiga erishdimi?

Har yili oktabr oyi kirib kelishi bilan ommaviy axborot vositalarida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan bog‘liq sana esga tushadi. Quloch-quloch maqolalar yoziladi, radio va telekanallarimizda soatlab eshittirish va ko‘rsatuvlar namoyish qilinadi. Joylarda turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, bahsu munozaralar avj oladi. Xo‘sh, keyin-chi?

Afsuski, hali-hanuz yurtimizda o‘zbek tili o‘zining qonuniy maqomini egallab ulgurgani yo‘q. Hamon ko‘chalarda ketib borarkansiz, rus, ingliz va boshqa tillardagi yorliqlar, havolalar, e’lon va shiorlar ko‘zni qamashtiraveradi. Haligacha, odamlarimiz milliy atamalarni chetga surib, “Alayskiy”, “Farxadskiy, “Ippodrom”, “Zeleniy most”, “Bulvar”, “Dagbitskiy”, Sofiyskiy”, “Lunacharskiy”, “Vыsokovoltnыy” singari atamalarni ishlatishni ma’qul ko‘rishadi.

Yashirib nima qildik: ko‘pchilik hamyurtlarimiz “til o‘rgansin, ulg‘ayganida ish topolmay qiynalmasin” deb farzandini maktablarning rus sinfiga berishadi. Gohida ota-onalar o‘z bolasining “o‘zbekcha bilmasligi”ni aytib maqtanayotganiga guvoh bo‘lamiz. Albatta, yoshlarimiz qancha ko‘p til o‘rgansa, shuncha yaxshi. Ammo, bu “poliglotlik” ona tilimizni bilmaslik yoki unutish hisobiga bo‘lmasin-da!

Internet orqali ko‘pgina davlat muassasalarining hujjatlarini izlaganda, ularning davlat tilidagi nusxasini topa olmaysiz. Xalqaro anjumanlarda, konferensiyalarda o‘zbek tilining deyarli ishlatilmasligi hozir hech kimni ajablantirmay qo‘ygan. Ba’zi anjumanlarda xorijlik hamkasblarimiz bir necha bor “Nega O‘zbekistonda xalqaro tadbirlar o‘zbek tilida olib borilmaydi?” deb savol berishganida, qanday javob qaytarishni bilmay qolaman.

Xorijiy elchixonalar tomonidan o‘tkaziladigan anjumanlarda elchilar qiynalib bo‘lsa-da, o‘zbek tilida gapirganiga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz. Ammo bunday tadbirlarda ishtirok etgan o‘zimizning mutasaddilar ko‘pincha boshqa tillarda chiqish qilishni afzal ko‘rishadi.

Nega? Nima uchun?

Ish yuzasidan qo‘shni va qardosh mamlakatlarga ko‘p borib turaman. Joriy yilning may oyida qo‘shni Qozog‘istonning Almati shahrida o‘tkazilgan media-forumda ishtirok etdim. Tadbirda so‘zga chiqqan qozog‘istonlik rasmiylar o‘z ma’ruzalarini ona tilida o‘qishdi. Sinxron tarjimalar qozoq, rus va ingliz tillarida teng olib borildi.

Yaqinda Boku shahrida o‘tkazilgan bir xalqaro anjumanda ham xuddi shunday holatga guvoh bo‘ldik. Mahalliy ishtirokchilar ozarbayjon tilida ma’ruza qilishdi, tarjimonlar sinxron tarzda rus va boshqa tillarga o‘girib berishdi.

Bir necha yil muqaddam Gruziyada bo‘lganimda ko‘chalar, binolar, peshtoqlardagi yozuvlarning barchasi gruzincha ekani e’tiborimni tortgandi. Faqat xorijlik turistlarga qiyinchilik tug‘ilmasligi uchun ayrim joylarda ingliz tilidagi bitiklar uchraydi.

Bu kabi kuzatishlarim so‘nggida “hech bir xalq o‘z ona tilini bizchalik “qadrlamas” ekan” qabilidagi achchiq xulosaga kelgandim. Afsuski, bu fikrimni hamon o‘zgartirolmay kelaman.

Holbuki, bugun o‘zbek tilini xorijliklar ham qiziqish bilan o‘rganmoqda. “Bi-bi-si”, “Ozod Yevropa”, “Amerika ovozi”, “Eron ovozi”, “Sputnik” singari yirik axborot mahkamalari dunyoning ko‘plab tillari qatorida o‘zbek tilida ham o‘z materiallarini e’lon qilib borishadi. Xitoyda, Turkiyada, Amerikada, Germaniyada, Hindistonda o‘zbek tili bo‘yicha maxsus tadqiqotlar olib boriladi, ilmiy ishlar himoya qilinadi.

Qonun bor, ammo...

Xo‘sh, nima qilmoq kerak? Bu savol o‘ttiz yilki, qayta-qayta beriladi. O‘zbek tili jahonda o‘z o‘rniga, obro‘-e’tiboriga ega ekan, nima uchun o‘z Vatanimizda yetarlicha qadr topmayapti?

Buning asosiy sababini tashqaridan emas, o‘zimizdan izlamog‘imiz lozim. Eng avvalo, davlat tili to‘g‘risidagi qonunni zamon talablari darajasida takomillashtirish, undagi talablarni qat’iylashtirish zarur. Qonun moddalariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning ko‘pchiligida “davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda ham...” iborasiga tez-tez duch kelamiz. E’tibor qiling:

“Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin”.

O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta’minlanadi”.

Televidenie va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi”.

“Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi”.

“Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin».

“Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanadi”.

Kimda qanaqa?

Qonunni o‘qib chiqar ekanmiz, u o‘ta ehtiyotkorlik, muloyimlik bilan tuzilganiga, ochig‘ini aytganda, qonundan ko‘ra ko‘proq tavsiyanomaga o‘xshashini anglaymiz. Unda imkon darajasida o‘zbek tilining mavqeini boshqa tillardan oshirib yubormaslikka harakat qilingandek tuyuladi. Qonun bilan yaxshi tanishib chiqqan, boshqa tilda so‘zlaydigan yoki boshqa millatga mansub fuqarolar “davlat tilini o‘rgansak ham, o‘rganmasak ham bo‘laverar ekan” degan xulosaga bormasligiga hech kim kafolat bermaydi. Davlat tilidagi qonunni buzish, davlat tiliga hurmatsizlikning huquqiy oqibatlari qonunda aniq ko‘rsatib berilmagan.

Holbuki, qo‘shni va qardosh mamlakatlarning davlat tili haqidagi qonunlari biznikidan ko‘ra mukammalroq va qat’iyroq ishlab chiqilgan, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Masalan, Tojikiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni 2-moddasida “Tojikiston Respublikasining har bir fuqarosi tojik tilini bilishi shart” ekani ko‘rsatib qo‘yilgan. 27-moddada esa, “Davlat tili haqidagi qonun normalarini buzgan mansabdorlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi” belgilangan.

Qozog‘iston Respublikasining “Davlat tili haqidagi qonuni”ning 4-moddasida “davlat tilini bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir Qozog‘istgn Respublikasi fuqarosining burchi ekani” belgilab qo‘yilgan.

Armaniston Respublikasining “Til haqida”gi qonunida esa turli anjumanlar, majlislar, xalqaro konferensiyalar, s’ezd va sessiyalarda arman tilida o‘qilmaydigan har qanday nutqning sinxron tarjimasi ta’minlanishi qat’iy belgilangan.

Afsuski, bizning qonunimizda bunday qat’iyatni emas, “o‘zbekona bag‘rikenglik”ni ko‘ramiz, xolos. Albatta, yurtimizda istiqomat qiladigan har bir fuqaroning millati, tili, dini, qadriyatlarini kamsitishga hech kimning haqqi yo‘q. Lekin davlat tili o‘zbek tili bo‘lgach, u boshqa tillardan loaqal bir parda yuqoriroq tursa, menimcha, buni hech kim millatchilikka yo‘ymasa kerak...

Hozircha kech emas...

Avgust oyida yurtimizda o‘tkazilgan xalqaro media-haftalik doirasida koreyalik professor Eng Yung O, yaponiyalik musiqachi Masuo Kavasaki, vengriyalik sharqshunos Benedek Peri singari mehmonlarning o‘zbek tilida ravon gapirganini ko‘rib, g‘ururlanib ketgandim.

Bir paytlar buyuk ozar shoiri Xalil Rizo Uluturk ham tilimizning go‘zalligi va nafosatidan ilhomlanib, shunday jo‘shqin misralarni bitgan edi:

Qay bir kunda uchib kelding, samolardan, o‘zbek tili?

Qanot olding eng muqaddas sadolardan, o‘zbek tili!

Beshik tutgan kelinlarning allalarin tinglabmiding?

Yaralgansan shu ilohiy nidolardan, o‘zbek tili!

Endi o‘zingiz o‘ylang, boshqa millat vakillari bizning tilimizga shu qadar mehr qo‘yishgan, uni astoydil o‘rganayotgan ekan, nega biz o‘zimizning bebaho boyligimiz bo‘lgan ona tilimizga yetarlicha e’tibor qarata olmaymiz?! Axir, dunyoda bir necha ming odam so‘zlashadigan tilini ham boshiga ko‘tarib, uning dovrug‘ini olamga yoygan shoiru fozillar kammi?!

Dog‘iston xalqining buyuk farzandi Rasul Hamzatov tufayli butun dunyo dunyoning bir chekkasida avar degan xalq borligi, uning go‘zal tili haqida tasavvurga ega bo‘lmadimi?!

Bugun ham dunyoda o‘z tili, o‘z millati uchun jonini bera oladigan fidoyilar, olim va ziyolilar ko‘p. O‘tgan oyda Rossiyaning Ijevsk shahrida udmurt olimi Albert Razin o‘z millati, o‘z tili yo‘qolib borayotganiga chiday olmay, o‘ziga o‘zi o‘t qo‘ygani juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Chindan ham, udmurt tili bugungi kunda tobora o‘z mavqeini yo‘qotib, yo‘qolib borayotgan tillar toifasiga kiradi. Rasman bu tilda so‘zlashuvchilar soni 300 mingdan ortiq ko‘rsatilsa-da, udmurtlar tobora ruslashib bormoqda. Yoshlar o‘z ona tilini unutib, boshqa tillarda ta’lim olmoqda, muloqot qilmoqda.

Bizning tilimiz-ku, hozircha xavf ostidagi, yo‘qolib borayotgan tillar guruhiga kirmaydi. Ammo o‘zimiz ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelgan ona tilimizni asramas ekanmiz, millatimiz va ma’naviyatimiz kelajagini ulkan xavf ostida qoldiramiz. Zotan, o‘zbek tili – bu bizning boyligimiz, or-nomusimiz, sha’nimiz demak. Uni, eng avvalo, o‘zimiz asrashimiz, hurmatlashimiz kerak.

Rustam JABBOROV.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tilining mavqei o‘z qo‘limizda