Institut Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga idoraviy jihatdan boʻysunadi.

Oʻzbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining “Oʻzbek maqom sanʼati fakulteti” hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari negizida Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti tashkil etildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi maʼlum qildi.

Madaniyat sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib maqom ijrochiligi va baxshichilik sanʼati boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy- pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish institutning asosiy vazifasi etib belgilangan.

Institutda oʻquv jarayoni 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.

Institutda xalqaro taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlariga muvofiq 2021/2022 oʻkuv yilidan boshlab taʼlimning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga qarorga 1-ilovada keltirilgan yoʻnalishlar (mutaxassisliklar) boʻyicha oʻqishga qabul qilingan, shuningdek, ushbu yoʻnalishlar (mutaxassisliklar)da tahsil olayotgan talabalar oʻqishlarini Institutda davom ettiradilar.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutda maxsus sirtqi taʼlim tashkil etiladi hamda unga madaniyat va sanʼat taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga va taʼlim yoʻnalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yoʻnalishlari uchun pedagogik stajga) ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan avsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar qabul qilinadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti tashkil etildi