Bugun Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumanidagi “Nuri zamin” MFY hududida 40 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Energetika vazirligi, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, Koreya energetika agentligi vakillari ishtirok etdi.

Unda so‘z olganlar mamlakatimiz aholisi va iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga katta ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida yurtimiz aholisi va iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash va bunda muqobil energiya manbalaridan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yangi barpo etilgan quyosh elektr stansiyasi bu ishlarning amaldagi samarasidir.

– Mana bugun Koreya Respublikasi bilan hamkorligimizning ilk natijasi – quyosh elektr stansiyasini ishga tushirdik, – dedi "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Feruz Qurbonov. 

– Koreya energetika agentligining beg‘araz mablag‘lari hisobidan barpo etilgan ushbu stansiya bir yil davomida taxminan 100 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Mazkur kichik stansiya mahalla aholisini qo‘shimcha elektr manbasi bilan ta’minlash barobarida kelgusida yirik loyihalarning amalga oshirilishida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘rganish maqsadida o‘quv poligoni vazifasini ham o‘taydi. Biz bu o‘quv poligonidan xodimlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish yo‘nalishida tayyorlash uchun ham foydalanamiz.

Qayd etish joizki, ushbu quyosh fotoelektrik stansiyasini barpo etishdan maqsad faqat elektr energiyasi ishlab chiqarish emas, balki shu yil oxirigacha 2 ta 100 megavattli yirik quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilishida ham ahamiyatga ega.

– Stansiyaning qurilishi ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan o‘zaro ishonch va do‘stona aloqalar natijasidir, – dedi Koreya energetika agentligi vakili Pak San U. 

– O‘ylaymanki, bizning hamkorligimiz bardavom bo‘ladi va yana shunday ishlarni amalga oshirish niyatidamiz.

Ishtirokchilar Ohangaron shahridagi "Yoshlar" texnoparkida ham bo‘ldi. Bu yerda ular muqobil energiya manbalari – quyosh va shamoldan energiya olish tajriba tariqasida qo‘llanilish jarayonlari bilan tanishdi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Nuri zamin" mahallasida quyosh elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi