28 dekabr – Xalqaro kino kuni munosabati bilan Nukus garnizonidagi harbiy qismlardan birining harbiylari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy bo‘linmasi vakillari “Qaraqalpaqfilm” kinostudiyasi hamda “Qaraqalpaqkino” agentligi xodimlarini samimiy muborakbod etishdi.

Ta’kidlash joizki, “Qaraqalpaqfilm” kinostudiyasiga ayni paytda shu sohada 43 yillik tajribaga ega bo‘lgan Baxtiyar Madiyarov rahbarlik qilib kelmoqda. Kinostudiya tomonidan hozirgi kunga qadar suratga olingan mingga yaqin hujjatli, badiiy va multiplikatsion filmlar, bolalar hayotiga mo‘ljallangan yumoristik jurnallar televideniye orqali yoritib kelinmoqda. Soha mutaxassislari qoraqalpoq kino san’atini yuqori cho‘qqilarga olib chiqishni o‘z oldilariga maqsad qilib olishgan.

Qoraqalpoq yozuvchisi M.Nizanov va Sh.G‘iyosova ssenariysi asosidagi “Qo‘rg‘on” nomli vatanparvarlik g‘oyalariga asoslangan badiiy film ham aynan o‘zbek va qoraqalpoq kino san’atining hamohangligida tasvirga olingan bo‘lib, tomoshabinlarning sevimli filmiga aylangan.

Xalqaro kino kunida kinostudiyaga harbiylarning tashrifi, albatta, ijodkorlar kayfiyatiga iliqlik baxsh etib, kelgusida hamkorlik tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirib olindi. “Qaraqalpaqkino” agentligi rahbari Bektileu Nizamatdinov askarlarga bayramona tuhfa – “Tengiz” filmining nusxasini sovg‘a qildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda harbiylar kinostudiya va kino agentligi xodimlarini sana bilan qutlashdi