Nukusda asosiy fan olimpiadasining hududiy bosqiçi boşlandi
Nukus şahridagi 36-umumiy örta taʼlim maktabida asosiy fan olimpiadasining uçinçi – Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga start berildi.
Olimpiadaning oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi taʼlim va ilm-fan vazirining birinçi örinbosari Oybek Davlatboyev, Özbekiston Respublikasi Fan olimpiadalari markazi mutaxassisi Abulmansur Ergaşov iştirok etib, öquvçilarga bilimlar bellaşuvida muvaffaqiyat tiladi.
Mazkur olimpiada iqtidorli öquvçilarni aniqlaş, ularning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş, fanlarni çuqur örganişga bölgan qiziqişini oşiriş hamda respublika bosqiçiga munosib nomzodlarni saralaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Olimpiadaning dastlabki kuni matematika fanidan 10-sinf öquvçilari örtasida ötkazilgan bellaşuvda 70 nafar öquvçi iştirok etdi. Informatika fanidan esa 11-sinfning 66 nafar öquvçisi öz bilim va salohiyatini sinovdan ötkazdi.
Bilimlar bellaşuvida iştirokçilarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, mantiqiy va mustaqil fikrlaş, murakkab masalalarga yeçim topiş qobiliyati ham sinovdan ötkaziladi.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, olimpiadaning mazkur bosqiçida barça fanlar böyiça jami 3 ming 500 nafarga yaqin öquvçi iştirok etişi kutilmoqda.
[gallery-32731]
Bunday intellektual bellaşuvlar yoşlarning ilm-fanga intilişini rağbatlantiriş, iqtidorini namoyon etiş va kelgusida yuqori natijalarga erişişi uçun zamin yaratadi.
24-noyabrda boşlangan fan olimpiadasi 5-dekabrga qadar davom etadi.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA