Buxoro maktablarida «Telefonsiz maktab» loyihasi joriy etilmoqda
Buxoro viloyatidagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifatini oşiriş, öquvçilarning dars maşğulotlariga eʼtiborini kuçaytiriş hamda soğlom taʼlim muhitini şakllantiriş maqsadida «Telefonsiz maktab» loyihasi bosqiçma-bosqiç amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Mazkur taşabbus öquvçilarning mobil telefonlardan foydalanişini tartibga soliş, dars jarayonida ularning diqqatini çalğituvçi omillarni kamaytiriş, bilim olişga bölgan qiziqişini oşirişga qaratilgan.
Ğijduvon tumanidagi 24-umumtaʼlim maktabida ham uşbu loyiha asosida öquvçilarning mobil telefonlarini saqlaşning maxsus tartibi yölga qöyilgan. Unga köra, öquvçilar taʼlim muassasasiga kelganida telefonlarini maxsus qulflanadigan şkaflarga topşiradi. Maşğulotlar yakunida esa ular öz egalariga qaytariladi.
Zarur hollarda öquvçilarning ota-onalari bilan tezkor boğlanişini taʼminlaş maqsadida maktab foyesida «Navbatçi telefon» xizmati yölga qöyilgan. Bu taʼlim jarayoniga xalaqit bermagan holda özaro aloqani taʼminlaş imkonini bermoqda.
[gallery-32719]
Taʼlim muassasalarida joriy etilayotgan bunday tartib öquvçilarning intizomini mustahkamlaş, vaqtdan unumli foydalaniş, bilimlarni puxta özlaştiriş va intellektual salohiyatini röyobga çiqariş uçun qulay muhit yaratişga xizmat qiladi.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA