So‘nggi yillarda olib borilayotgan zamonaviy jang va harbiy mojarolarning tahlili bo‘linma komandirlaridan kuchli jangovar va axloqiy-ruhiy tayyorgarlikka ega bo‘lishni, kasbiga mas’uliyat va sadoqat bilan yondashishni yanada ko‘proq talab etmoqda.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tashabbusi bilan “Nukus” umumqo‘shin poligoni negizida barcha toifadagi bo‘linma komandirlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirokida jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi.

Yangi –  2022-2023 o‘quv yilida bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligi va jangovar shayligini yuqori bosqichga ko‘tarish, komandirlarning shaxsiy mas’uliyati, kasbiy mahorati, bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan yig‘in mashg‘ulotlari nazariy va amaliy tarzda olib borildi.

Nazariy qismda ishtirokchilar bilan taktika, otish tayyorgarligi, harbiy topografiya, maxsus, saf, tibbiy va axloqiy-ruhiy tayyorgarlikdan mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkillashtirish va o‘tkazishda interfaol usullar hamda multimedia va ko‘rgazmali vositalardan foydalanish bo‘yicha tajribali ofitserlar ko‘magida tavsiyalar berilib, bilimlari boyitildi.

Yig‘inning ikkinchi qismida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasining bir guruh mutaxassilari ham 16 ta o‘quv joyida bo‘linmalarning jangovar tayyorgarlikdan amaliy mashg‘ulotlarini kuzatib bordi.  

Dastlabki mashg‘ulotda guruhning notanish hududda razvedka-qidiruv harakatlarini olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari amaliy tarzda namoyish etilgan bo‘lsa, keyingi o‘quv nuqtasida harbiy topogrof tomonidan azimut bo‘yicha harakatlanish va navigatsion uskunalarni ishlatishga doir qiziqarli ma’lumotlar yetkazildi.

Navbatdagi mashg‘ulotda jangovar bo‘linmalar tomonidan zamonaviy qurolli to‘qnashuvlar teatrining ehtimoliy jangovar harakatlari namoyish etilib, unda bo‘linmalarning cho‘l hududida jangovar va harbiy texnikalarda marsh yurishi, minalashtirilgan to‘siqlardan o‘tishi va shartli dushman joylashgan hududga shiddatli hujum uyushtirish amalda ko‘rsatib berildi.

Batalon shaxsiy tarkibining mudofaada shartli dushman hujumini qaytarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotda kuzatuvchilarga boshqa bo‘linmalar bilan o‘zaro aloqa va hamkorlik masalalarini o‘rnatish, o‘t ochishni boshqarish, madad berish hamda boshqa bir qator jangovar ta’minot masalalari bo‘yicha ko‘rgazmali tarzda mashg‘ulot tashkil etildi.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida safar holatida yurishga mo‘ljallab, harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kiyim-kechak ta’minoti, buyum xalta va unda zarur bo‘lgan birlamchi anjom-aslahalar hamda ularning qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlar hech kimni bee’tibor qoldirmadi.

Yillar davomida bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlar tajribasidan kelib chiqib, jang vaqtida yarador bo‘lgan harbiy xizmatchi o‘ziga hamda jabrlangan safdoshiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yaradorlarni jang maydonidan olib chiqish usul-uslublarini o‘rganish bo‘yicha harbiy tibbiyot soha mutaxassislari tomonidan ko‘rsatilgan o‘quv joyi, albatta, har bir ishtirokchiga yangi bilim va ko‘nikmalarni olishga zamin yaratdi.

Harbiy xizmatchilarning bir-birini o‘t ochish bilan qo‘llab-quvvatlagan holda jangovar juftlikda harakat qilishi, yaqin masofadagi shartli dushmanga qarshi zarba berish maqsadida hujumga o‘tishi va mudofaada samarali jang olib borishi ko‘rgazmali tarzda namoyish etilgan navbatdagi o‘quv nuqta kuzatuvchilar diqqatiga sazovor bo‘ldi.

Poligon hududida bunyod etilgan va maxsus harakatlarni olib borishga mo‘ljallangan yaqin jang shaharchasidagi ko‘rgazmali o‘quv-jangovar harakatlar teatri barchada taassurot qoldirdi. Jangovar mashinalarning o‘t bilan madad berishi ortidan harakatlangan qo‘shin razvedkasi bo‘linmasining shartli terroristlarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi shiddatli bosim va bo‘linmaning qat’iy harakatlari sabab muvaffaqiyat bilan yakun topdi.

O‘qotar qurollar va jangovar texnika qurollaridan o‘q otish va o‘t ochishni boshqarishni o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv nuqtalar komandirlarda shaxsiy tarkib bilan jangovar tayyorgarlikdan amaliy mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish bilim va ko‘nikmasini yanada oshirishga xizmat qildi.

Ko‘rgazmali mashg‘ulotlar davomida har bir ishtirokchi o‘quv joylarida amaliy mashqlarni kunduzi va tunda bajarishi orqali ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Bir necha kun davom etgan o‘quv-uslubiy yig‘inlar yakunida ishtirokchilar jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik fanlaridan nazariy va amaliy sinovlarni topshirib, har qanday vaziyatda ham o‘quv-jangovar vazifalarni bajarish, bo‘linmalarni samarali boshqarishga qodir ekanliklarini namoyish etdi.

Mayor Temur Narziyev,
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug 
matbuot xizmati boshlig‘i. 
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Nukus» umumqo‘shin poligonida bo‘linma komandirlari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi