Yana undan davlat foydasiga 3 milliard so‘mdan ortiq zarar undirilishi belgilangan.

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida Chirchiq daryosi o‘zanida tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan yer maydonini 2023 yilning may oyidan 2024 yilning yanvar oyiga qadar o‘zboshimchalik bilan egallab olib, hech qanday maxsus ruxsatnomalarga ega bo‘lmasdan noqonuniy chiqindixona tashkil qilgan huquqbuzarga sud hukmi o‘qildi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, sudda M. D.ning toifalangan hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzib, noqonuniy chiqindixona tashkil qilganligi, hududga chiqindilarni ma’lum mablag‘ evaziga joylashtirib kelganligi o‘z isbotini topgan. 

Qayd etilishicha, fuqaro daryoga chiqindi tashlashi oqibatida davlat manfaatlariga 3 milliard 68 million 206 ming 171 so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Shuningdek, u «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasi hamda «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunning 41-moddasini qo‘pol ravishda buzgan.  

“Sud O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 59, 61-moddalariga asosan huquqbuzarni 3 yilu 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, undan davlat foydasiga 3 milliard 68 million 206 ming 171 so‘m zarar undirilishi belgilandi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy chiqindixona tashkil etgan fuqaro 3 yilu 9 oyga ozodlikdan mahrum qilindi