Tadbirkorning noqonuniy harakati 3 milliard so‘mlik zararga sabab bo‘ldi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish sexi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 3 milliard 78 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA