Nodirbek Yoqubboyev “Freestyle Friday” turnirida sovrindor bo‘ldi
Onlayn tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Freestyle Friday” turnirining kecha yakunlangan bahslarida iste’dodli shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboyev muvaffaqiyatga erishdi.
11 ta turdan iborat musobaqada Yoqubboyev (8 ta g‘alaba, 1 tadan durang va mag‘lubiyat ko‘rsatkichi holatida) 8,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu natija orqali terma jamoamiz a’zosi turnirda 2-o‘rinni egalladi va 250 AQSH dollarini qo‘lga kiritish bilan birga “Freestyle Friday” reyting jadvali uchun 7 ochko jamg‘ardi.

Turnirda 1-o‘rin Nodirbek singari 8,5 ochko to‘plagan germaniyalik Vinsent Keymerga, 3-o‘rin esa AQSH vakili Hans Niyemannga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu onlayn musobaqalar orqali to‘plangan ballar evaziga bir nafar shaxmatchi 2027-yilgi “FIDE Freestyle” Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA