Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionati terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
“Bank Arena” majmuasida o‘tayotgan chempionatning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nigina O‘ktamova -54 kg vaznda qozog‘istonlik Elina Bazarovaga hech qanday imkon qoldirmadi va 8 sentyabr kuni vengriyalik Anna Lakotarga qarshi chorak finalga o‘tish bahsida ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Bugun, 5 sentyabr kuni musobaqa doirasida 3 nafar bokschimiz janglarini o‘tkazishadi.
Juftliklar bilan tanishing:
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Lai-Karlile Ali (Yangi Zelandiya)
-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Navaf Avaji (Saudiya Arabistoni)
+90 kg: Jahongir Zokirov - Mourad Kadi (Jazoir)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA