Nigina Abduraimova yarim finalda
Mahoratli tennischimiz Nigina Abduraimova “Toshkent open – 2016” xalqaro turnirining juftlik bahslarida yaponiyalik Xiroko Kuvata bilan yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Mahoratli tennischimiz Nigina Abduraimova “Toshkent open – 2016” xalqaro turnirining juftlik bahslarida yaponiyalik Xiroko Kuvata bilan yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.Nufuzli turnirning birinchi davrasida Nigina va Xiroko polshalik Katarijan Piter va ispaniyalik Silviya Soler-Espinosani 7:5, 7:5 hisobida, chorak finalda ukrainalik Lyudmila va Nadya Kichenoklarni 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
N.Abduraimova va X.Kuvata turnirning yarim final uchrashuvida gollandiyalik Demi Shuurs hamda chexiyalik Renata Voratsovaga qarshi kortga chiqadi.
– Musobaqaning juftlik bahslari biz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda, – deydi Nigina. – Xiroko bilan kortda harakat qilish oson va bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Maqsadim ushbu musobaqada g‘alaba qozonishdir.