Netanyahuning raqibi yangi hukumatni tuzadi
Isroil prezidenti Ishaq Gersog ölkada hukumat tuziş vakolatini parlament saylovlarida boş vazir Benyamin Netanyaxuning asosiy raqibi bölgan muxolifat yetakçisi Gadi Ayzenkotga topşirdi.
Ayzenkot favqulodda hukumat tuzişini eʼlon qildi va unga davlatning yahudiy tabiatini saqlab qolişni maʼqullaydigan, barça uçun majburiy harbiy xizmatni qöllab-quvvatlaydigan hamda Hamasni terrorçi taşkilot sifatida tan oladigan barça partiyalarni taklif qilişini eʼlon qildi.
Joriy yil 27-oktabr kuni Isroilning 120 örinli parlamentiga (Knesset) bölib ötgan saylovlarda ğolib aniq bölmadi, yaʼni, heç bir siyosiy blok 61 örinning köpçiligini qölga kirita olmadi.
Netanyaxuning “Likud” partiyasi boşçiligidagi hukmron koalitsiya 53 örinni, Ayzenkotning muxolifat bloki esa 48 örinni egalladi. 19 örinni band etgan Arab partiyalari Ayzenkot blokiga qöşilgandan keyin birgalikda 67 öringa ega böldi.
Prezident tomonidan qöllab-quvvatlangan nomzod hukumat tuziş uçun maksimal 42 kunga ega böladi. Agar nomzodlik muvaffaqiyatsiz bölsa, bu huquq boşqa siyosatçiga ötadi, u buni amalga oşiriş uçun 28 kunga ega böladi. Agar ikkinçi urinişdan keyin hukumat tuzilmasa, parlament köpçilik boşqa nomzodni tavsiya qilişi mumkin böladi. Bu jarayon 21 kun davom etadi. Şunda ham uşbu nomzod muvaffaqiyatga erişa olmasa, parlament tarqatib yuboriladi va yangi saylovlar sanasi belgilanadi.
S.Rahimov, ÖzA