Har bir millat va elat o‘z milliy liboslari bilan ko‘rkam ko‘rinadi va g‘ururlanadi. Ammo bugungi dizaynerlarimiz nega yoshlar talabiga javob bera oladigan, zamonaviylikni milliylik bilan uyg‘unlashtira olgan milliy liboslarni yarata olmayapti?

Ko‘pchilikdan shu savolni eshityapmiz: chindan ham, nega milliy liboslarimizni kundalik faoliyatimizda kiya olmaymiz?

Balki ob-havoga mutanosib liboslarni tanlash kerakdir yoki doimiy kiyish uchun chidamli va qulay mato zarurdir. Milliy liboslarimizni faqat bayramlarda, to‘y-shodiyonalarda, ko‘rgazmalarda, kelin-kuyov bo‘lganda kiyish odat bo‘lgan. Kundalik faoliyatimizda esa milliy liboslarni deyarli kiymaymiz.

Darhaqiqat, dunyoning mashhur brendlari har kuni yangi uslubni taqdim qiladi. Zamonaviy liboslar esa bugungi yoshlar talabiga javob berishi zarur. Aks holda, yangi brendlarga talab yuqori bo‘lmaydi.

Xo‘sh bizning milliy liboslarimiz qay darajada zamonga moslasha olyapti?

«Agar biz atlas va adras deb ataluvchi matolarni milliy libos deb olsak, haqiqatdan ular tabiiy ipak matodan bo‘lib, ekologik toza hisoblanadi, ammo chidamli emas, bir ikki marta yuvilgach, rangi o‘zgaradi, o‘z ko‘rinishini o‘zgartiradi. Ipaklar orasi yiriklashib, jipsligi yo‘qoladi. Kundalik faoliyatda bir necha bor kiyishga harakat qilganman. Ammo bu matoni har kuni tozalashga berishga imkon bo‘lmagani uchun faqat tadbirlarda kiyishga odatlandim», deydi Qishloq xo‘jaligi instituti katta o‘qituvchisi Gulnora Valixonova.

Masalan, hindistonliklar o‘z milliy liboslarini hamisha kiyib yuradilar. Deyarli barcha filmlarida zamonaviy liboslar bilan bir qatorda albatta milliy liboslarni ham ko‘ramiz. Bu mamlakatda sariyning urfdan qolmaydi va hind xalqi uni egnidan tushirmaydi. Ularning liboslarida innovatsion yondashuvni deyarli sezmaysiz. Shunga qaramay, necha asrlardan buyon o‘zgarmagan milliy liboslarini kiyib yurishlariga sabab ularning milliy qadriyatlari, liboslari, manfaatlariga bo‘lgan sadoqatidir. Darhaqiqat, ularning milliy liboslari Hindistondagi iqlim sharoitiga moslashganligi bilan ahamiyatlidir. Milliy liboslarga sadoqat ko‘rsatishni hind xalqidan o‘rganishimiz kerakdir!

«Atrofdagilarni munosabatiga qarab kiyinamiz. Do‘ppi kiygan paytim o‘zini zamonaviy deb hisoblagan ayrim qizlarning kinoya bilan qaraganlari va gapirganlarini guvohi bo‘ldim. Shu sabab do‘ppi kiyishni juda xohlasam, ko‘p kiyib yurolmayman. Borayotgan joyimga qarab kiyishga odatlanganman. Yana bir sababi popop kamzullarimiz bor, xalq tilida «Surxoncha» deyiladi. Bu kostyumlarning boshlanish narxi bozorda kalta kostyumi 500 ming so‘m, uzunrog‘i 600 ming so‘m ekan. Bu qo‘l mehnati albatta, tayyorlash oson emas. Ammo qimmat. 200 ming so‘mga mato olib, kostyum tikib olish qulayroq, agar arzon, cho‘ntakbop bo‘lganida, albatta kiygan bo‘lar edim. Chunki bu turdagi kostyum va kamzullar hozir urfda»,  deydi Andijon davlat universiteti talabasi Husniya Jonibekova.

Ma’lumki, yer sharida tabiiy jarayonlarning tez-tez o‘zgarib turishi liboslarga ehtiyoj tug‘dirgan. Miloddan avvalgi V ming yilliklargacha bo‘lgan davrda kiyimlar uchun hayvonlar terisi, daraxt po‘stlog‘i, o‘simliklar tolasidan foydalanilgan. U davrlarda kiyilgan kiyimlarning asosiy vazifasi kishi tanasini sovuq yoki issiqdan himoya qilish bo‘lgan. 

Shu tarzda mato liboslarning himoya va ijtimoiy vazifasi kengayib, o‘zgarib borgan.

Dastavval, kiyimlarning asosiy vazifasi kishi tanasini sovuq yoki issiqdan himoya qilish bo‘lgan bo‘lsa, bugun uning ahamiyati odamlarni ko‘rkam va chiroyli ko‘rinishini ta’minlashdagina ko‘rinmoqda. Yashirmaylik, bugungi davrda ust-bosh, kiyinish uslublariga qarab muomala qiladigan, xarakter-xususiyatlarni baholaydigan, ijtimoiy kelib chiqishimizni taxmin qiladigan bo‘ldik.

Bunga sabab shiddat bilan rivojlanayotgan zamon talablarimi yoki odamlarning kiyimga bo‘lgan munosabati o‘zgarib borayotganimi? Balki dunyo dizaynerlarining har soatda 2 tadan yangi uslub o‘ylab topayotgani sababdir?

Hatto shunday ayollarimiz borki, bir tadbirga kiygan libosini ikkinchi tadbirga kiymaydi. Uslublar, usullar tez o‘zgarmoqda. Bir-biri bilan raqobatlashayotgan brendlar kim o‘zarga chiroyli, qulay, modellarni taqdim qilib to‘xtamayapti. Bas, shunday ekan, yoshlarga ham qulay, ham arzon va urfdagi liboslarni kiyish har jihatdan ma’qul kelishi tabiiy hol.

Manbalardan ko‘rinadiki, milliy libos deganda faqatgina adras va yoki atlasni, turli do‘ppilarnigina tushunish xato, matosidan qat’i nazar, tikilish jihatidan ham o‘zbek milliy libosi deb atalishga haqli liboslar juda ko‘p ekan. Hatto milliy bosh kiyimlarimizdan biri bo‘lgan do‘ppining yuzdan ortiq turlari mavjud ekan.

«Shaxsan modani ortidan quvmayman, ammo ish joyimga yaxtak kiyib, chorsi bog‘lab va yoki do‘ppi, to‘n kiyib kelishni ma’qul ko‘rmayman. Agar dizaynerlarimiz o‘zida milliylikni aks ettira olgan zamonaviy rahbar imijini yarata olishganda edi. Bajonidil kiygan bo‘lardim. Sababi milliy manfaatlarni o‘z shaxsiy manfaatimdan ustunroq qo‘yaman», deydi Arxiv ishlari boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Zuhriddinov.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda yurtimizda faoliyat olib borayotgan libos ustalarining faoliyati qoniqarli darajada emas. Ular milliy liboslarimizni zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirib bera olishmayapti. Aynan tikuvchilik va libos yaratish sohasida ham yangi islohotlarga ehtiyoj borligini yashirmasligimiz kerak. Umid qilamizki, bozorlarimizda bugunning yoshlari, zamon qahramonlariga mos, o‘zida milliylikni aks ettirgan zamonaviy liboslarni uchratamiz!

Kamola Abduvaliyeva, «Milliy tiklanish» partiyasi 

Andijon viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nega kundalik faoliyatimizda ham kiya oladigan milliy liboslar yaratilmayapti?