Navoiyda «Innovatsion g‘oyalar» tanlovi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatidagi «Qizilqum fosforit kompleksi» MCHJda «Yoshlar oyligi» doirasida korxona xodimlari va yosh mutaxassislar o‘rtasida «Innovatsion g‘oyalar» tanlovi tashkil etildi.
Tanlov ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, ekologik muammolarga innovatsion yechimlar taklif qilish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.
[gallery-30143]
Tanlovda 8 nafar ishtirokchi tomonidan 11 ta innovatsion loyiha taqdim etildi. Hakamlar hay’ati tomonidan loyihalarning amaliy ahamiyati, iqtisodiy samaradorligi va ishlab chiqarishga joriy etish imkoniyatlari baholandi.
Taqdim etilgan loyihalar orasida Na-kationit filtri regeneratsiyasida tuz eritmasini qayta ishlash texnologiyasi, «Fosfogram» korporativ messenjeri hamda eski avtomobil shinalarini qayta ishlash orqali rezina granulalari ishlab chiqarishga oid tashabbuslar alohida e’tirof etildi.
Tanlov yakunida eng yaxshi loyihalar mualliflari taqdirlandi, ishtirokchilarga esa maxsus nominatsiyalar topshirildi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA