Navoiy viloyatida aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 84,7 foizga yetdi.

Bu haqda “Navoiy suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.  

Bugungi kunda jamiyat balansida 4000 kilometrga yaqin ichimlik, 41,1 kilometr oqova suv quvurlari va 234 ta ichimlik, 3 ta oqova suv inshootlari mavjud.  

– 2023 yilda barcha manbalar hisobidan ajratilgan 265 milliard so‘m mablag‘ evaziga 1066,7 kilometr suv tarmoqlari tortilib, 28 dona ichimlik suv inshooti qurildi,– deydi MCHJ direktori Otabek Zaripov. – Natijada 90 ming 296 nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lsa, 36 ming 415 nafar aholining markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Yakunlangan yilda Xatirchi tumanining markazlashgan ichimlik suvi bilan umuman ta’minlanmagan jami 6 ta mahallasida 130 kilometr yangi ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, 1 dona suv inshooti qurildi va 16 ming nafardan ortiq aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvidan bahramand bo‘lishdi.  

Shuningdek, Navbahor tumanining Paxtakor mahallasida 30 kilometrdan ortiq, Qiziltepa tumanining G‘amxo‘r mahallasida 20,9 kilometr yangi ichimlik suvi tarmoqlari tortildi.  

2023 yil davomida viloyatdagi Qiziltepa, Xatirchi, Navbahor, Konimex va Nurota tumanlarining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan 14 ta qishloq va ko‘chalariga mahalliy byudjetdan ajratilgan 2,8 milliard so‘m mablag‘ evaziga 30 kilometrdan ortiq suv quvurlari tortildi. Natijada 8 ming nafardan ortiq aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi.  

[gallery-15425]

Ayni paytda viloyatda Xalqaro moliya institutlari ishtirokida Karmana tumani markazini to‘liq markazlashgan oqova suv tizimi bilan qamrab olish loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan ajratilgan mablag‘ evaziga olib borilmoqda. Mazkur loyihaga asosan 117,2 kilometr oqova suv tizimi, 21,3 kilometr bosimli kollektorlar, 12 ta nasos stansiyasi va 9800 m3/sutka quvvatli 1 ta oqova suv tozalash inshooti qurish ko‘zda tutilgan.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0h4v2fst1Tw" title="Kelgusi yillarda Navoiy viloyatida 31 ta mahallada ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Matbuot anjumanida joriy yilda ichimlik va oqova suv ta’minoti sohasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar haqida ham ma’lum qilindi. Jumladan, viloyatdagi ichimlik suvi ta’minoti og‘ir bo‘lgan 31 ta mahallaning 26 tasida “O‘zsuvta’minot” AJ mas’ulligida davlat maqsadli dasturlari doirasida, 5 tasida esa mahalliy byudjet mablag‘lari, shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan.  

Shuningdek, Qiziltepa va Navbahor tuman markazlarida oqova suv tizimlarini qurish bo‘yicha ishlar olib borilib, yaqin yillar ichida bu hududlarda ham markazlashgan oqova suv tizimlari yo‘lga qo‘yiladi.  

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat,video),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyatida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda (+video)