Navoiy davlat universiteti huzurida Çöllanişga qarşi kuraşiş ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etiladi
Navoiy davlat universitetning Axborot-resurs markazida Misr Arab Respublikasi Qişloq xöjaligi va yerlarni özlaştiriş vazirligi huzuridagi Çöl tadqiqotlari markazi hamkorligida “Navoiy davlat universiteti huzurida Çöllanişga qarşi kuraşiş ilmiy-tadqiqot instituti”ni oçiş konsepsiyasi”ga bağişlangan ilmiy seminar bölib ötdi.
Unda Navoiy viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Sanʼatillo Hikmatov, universitet rektori Muhiddin Kalonov, Navoiy viloyati hokimining qişloq xöjaligi, atrof-muhit, barqaror rivojlaniş va çöllanişga qarşi kuraşiş masalalari böyiça faoliyat boşlagan maslahatçisi, misrlik olim, professor Ahmad Abd El-Ati, tegişli vazirlik va idoralar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, universitet magistrantlari va doktorantlari iştirok etdi.

Seminarda çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş, yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, ekologik barqarorlikni taʼminlaş, qişloq xöjaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etiş hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Şuningdek, Misr Arab Respublikasining Çöl tadqiqotlari markazi bilan xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş, qöşma tadqiqotlar olib boriş, ilğor tajriba almaşiş va malakali mutaxassislar tayyorlaş istiqbollari körib çiqildi.

Taşrif yakunida misrlik olim, professor Ahmad Abd El-Ati universitetga işga qabul qilindi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri