"Navbahor" "Neftçi"ni yenğdi, çempionlik masalasi keyinga qoldi
Har ikki jamoaning oçko yöqotişi natijasida çempionlik masalasi keyingi turlarga qoldi.
Özbekiston Superligasining 28-turida çempionlik uçun kuraşayotgan "Neftçi" va "Paxtakor" mağlubiyatga uçradi. Har ikki jamoaning oçko yöqotişi natijasida çempionlik masalasi keyingi turlarga qoldi.
Turning markaziy uçraşuvida "Navbahor" öz maydonida "Neftçi"ni 3:2 hisobida mağlub etdi. Farğonaliklar 26-daqiqada Alişer Odilovning goli evaziga oldinga çiqdi. Biroq 41-daqiqada mehmonlar futbolçisi Vladimir Yovoviç qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi.
Bir kişi kam bölgan "Neftçi" oradan bir daqiqa ötib öz darvozasidan gol ötkazdi. Jasurbek Jaloliddinov hisobni tenglaştirdi. Ikkinçi bölimda mezbonlar hücumlarni kuçaytirib, 53-daqiqada Joel Kojo, 55-daqiqada esa Diyor Xolmatovning gollari evaziga 3:1 hisobida oldinga çiqib oldi.
77-daqiqada Koffi Kouao hisobni qisqartirdi, ammo "Neftçi" mağlubiyatdan qutulib qola olmadi.
Çempionlik poygasidagi yana bir da'vogar "Paxtakor" ham 28-turni mağlubiyat bilan yakunladi. "Lokomotiv"ga qarşi bahsda toşkentliklar 4-daqiqada Flamarion Jovinoning goli bilan hisobni oçdi.
Biroq "Lokomotiv" sönggi daqiqalarda vaziyatni öz foydasiga özgartirdi. 81-daqiqada Jasurbek Yaxşiboyev muvozanatni tiklagan bölsa, 90+2-daqiqada Temurxöja Abduxoliqov ğalaba golini kiritdi — 2:1.
Turning yana bir uçraşuvida "Qizilqum" safarda OKMKni 1:0 hisobida yenğdi. Yagona gol 90+1-daqiqada Roman Papariga tomonidan urildi.
28-turdan söng "Neftçi" 64 oçko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. "Paxtakor" 59 oçko bilan ikkinçi, "Navbahor" esa 58 oçko bilan uçinçi örinda bormoqda.
Mavsum yakuniga ikki tur qolganida "Neftçi" eng yaqin ta'qibçisi "Paxtakor"dan 5 oçko oldinda. Farğonaliklar navbatdagi uçraşuvda durang öynasa, boshqa natijalardan qat'i nazar, muddatidan oldin Özbekiston çempioniga aylanadi.