Bugun Özbekiston U-17 terma jamoasi jahon çempionatidagi yurişini boşlaydi
Bu Özbekiston ösmirlar terma jamoasining U-17 jahon çempionatidagi beşinçi iştiroki.
Bugun, 20-noyabr kuni, Sergey Çigodayev boşçiligidagi Özbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda ötayotgan jahon çempionatining dastlabki turida Kot-d’Ivuar bilan uçraşadi. Bahs Dohadagi «Aspayr zona» majmuasida Toşkent vaqti bilan soat 21:00 da boşlanadi.
Özbekiston musobaqaning «E» guruhida Italiya, Yamayka va Kot-d’Ivuar terma jamoalari bilan kuç sinaşadi. Jamoamiz mundialga 2026-yilgi U-17 Osiyo kubogining yarim finaliga çiqiş orqali yöllanma olgan.
Jahon çempionati uçun tarkibga 21 nafar futbolçi kiritilgan. Ular orasida ötgan yilgi mundialda qatnaşgan himoyaçi Muhammad Hakimov va hujumçi Asilbek Aliyev ham bor.
Bu Özbekiston ösmirlar terma jamoasining U-17 jahon çempionatidagi beşinçi iştiroki. Vakillarimiz avvalgi tört mundialning barçasida guruh bosqiçidan ötgan. Eng yaxşi natija — 2011 va 2023-yillardagi çorak final. 2025-yilgi musobaqada esa jamoamiz 1/8 finalda Italiyaga 2:3 hisobida yutqazgan.
📅 Guruh bosqiçidagi uçraşuvlar:
20-noyabr, 21:00 — Kot-d’Ivuar — Özbekiston
23-noyabr, 18:00 — Özbekiston — Yamayka
26-noyabr, 19:00 — Özbekiston — Italiya
Uçala uçraşuv ham «Aspayr zona» majmuasida ötkaziladi. Vaqtlar Toşkent vaqti bilan körsatilgan.
19-noyabrdan 13-dekabrgacha davom etadigan turnirda 48 ta terma jamoa 12 guruhga bölingan. Guruhlarda dastlabki ikki örinni egallaganlar va uçinçi örin sohiblari orasidagi eng yaxşi sakkiz jamoa 1/16 finalga çiqadi.