Prezident tashabbuslari – amalda

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ularni yetishtirish haqida gap ketganda, albatta, sug‘orish tizimining ahamiyati e’tibor markazida turadi. Sug‘orish – u qanday ko‘rinishda va shaklda bo‘lmasin, bugun jamiyatimizdagi eng dolzarb masalalardan biridir. Mamlakatimizda 4.3 mln. gektar sug‘oriladigan maydon bo‘lib, shuning 60 foizi nasoslar yordamida sug‘oriladi.

Prezidentimiz tomonidan suv xo‘jaligida “2025 yil – “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” deb belgilandi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orish hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini suv bilan ta’minlash uchun vazirlik tizimida 1 ming 700 ga yaqin nasos stansiyalardan foydalaniladi. Ularni ishlatish va belgilangan suv miqdorlarini chiqarish uchun bir yilda 7 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi talab etiladi.

Mamlakatimizda nasos stansiyalardan eng ko‘p foydalanadigan hududlar Xorazm viloyati (291 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (221 ta), Namangan (203 ta) va Farg‘ona (168 ta) viloyatlari hisoblanadi. Eng yirik nasos stansiyalari esa Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan.

Tahlillarga ko‘ra, nasos stansiyalari orqali 1000 kubometr suv yetkazib berish uchun respublika bo‘yicha o‘rtacha 120.2 ming so‘m (120.2 kVt.soat) sarflanadi. So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan suv xo‘jaligi sohasiga jiddiy e’tibor qaratilayotgani natijasida Qarshi, Amu-Buxoro, Amu-Zang kabi yirik nasos stansiyalar modernizatsiya qilindi.

Shuningdek, 2024 yilda nasos stansiyalardagi eskirgan 156 ta nasos va 154 ta elektrodvigatel yangilandi. Nasos stansiyalarga 2 388 ta yorug‘lik diod lampa, 109 ta quyosh panellari va suv isitish qurilmalari, 87 ta chastota o‘zgartiruvchi qurilma, 102 ta kondensator qurilmasi o‘rnatildi. Natijada ish samaradorligi sezilarli darajada yaxshilanib, sug‘orish tizimi iste’molchilariga ham qulayliklar yaratildi.

2025 yilda ushbu ishlar samarali davom ettirilib, 97 ta nasos, 109 ta elektrodvigatel, 117 dona kondensator yangilanishi reja qilingan. Shu bilan birga joriy yilda 450 kVt quyosh panellari, 27 dona quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatiladi. Nasos stansiyalarni optimal rejimda ishlatish, energiya tejamkor qurilmalarning o‘rnatilishi hisobidan 100 mln. kVt soat elektr energiyasini tejab qolish rejalashtirilgan.

– Energiya sarflanishi tabiiy, biroq uning tejalishi masalasi doimiy e’tiborda turishi lozim, – deydi Nasos stansiyalardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Otabek Abdullayev. – Nasos stansiyalari tomonidan 2017 yilda 8.3 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi sarflangan bo‘lsa, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish, nasos va elektrodvigatellarni zamonaviylariga almashtirish, nasos agregatlarini bir xil rejimda ishlatish hamda biriktirilgan ekin maydonlarida agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2024 yilda energiya sarfi 6.5 mlrd. kVt/soatgacha kamaytirildi. Yillik limitga nisbatan 300 mln. kVt/soat va 2017 yilga nisbatan 1,8 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi tejalishiga erishildi.

So‘nggi vaqtlarda ko‘plab sohalarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuning hisobiga sohani texnik va texnologik yaxshilashga erishilmoqda. Xususan, xorijiy investitsiya mablag‘lari doirasida Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida 95 ta nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish 1-bosqich loyihasi amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi 118 ta nasos stansiyalari modernizatsiya qilish loyihasi doirasida ishlar boshlangan.

Bugungi kunda har bir sohaga xususiy sektor jalb qilinib, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalar amalga oshirilmoqda va davlat ulushi bosqichma-bosqich kamaytirib borilmoqda. Ta’kidlash joizki, 2020-2024 yillar davomida xususiy sektor jalb qilinib, suv xo‘jaligi sohasida ham bir qator davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirildi. Bugungi kunga qadar 400 tadan ortiq nasos stansiyalar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy tashabbuskorlar boshqaruviga berilgan.

Nasos stansiyalari sug‘orish tizimining eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Ularning samaradorligini ta’minlash sohaning eng muhim vazifalaridan. O‘tgan yillar sarhisobidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, joriy yilda ham bu ishlar samarali davom ettirilib, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyati yanada kengaytiriladi.

Sanjar Toshpo‘latov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nasoslar – sug‘orish tizimining eng muhim bo‘g‘ini