“Nasaf” tarbiyalanuvchilari g‘olib
Toshkentda 2001-yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Navro‘z kubogi – 2016” turniri o‘tkazildi.
Toshkentda 2001-yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Navro‘z kubogi – 2016” turniri o‘tkazildi.Mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida millionlar o‘yini bo‘lgan futbolni yanada ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada sakkiz jamoa o‘zaro kurashdi.
“Bunyodkor” va “Nasaf” klubi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tgan final uchrashuvining asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar bahsida qarshilik futbolchilar g‘alaba qozonib, “Navro‘z kubogi – 2016” musobaqasining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Uchinchi o‘rin uchun o‘tgan bahsda “Andijon” jamoasi yosh futbolchilari “Buxoro” vakillarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“Nasaf” jamoasi darvozaboni Abduvohid Ne’matov “Eng yaxshi darvozabon”, Elnur Jariqulov “Eng yaxshi to‘purar”, buxorolik Ibrohim Ibragimov “Eng yaxshi himoyachi”, andijonlik Pahlavon Komiljonov “Eng yaxshi yarim himoyachi”, “Bunyodkor” jamoasi tarbiyalanuvchisi Muzaffar Olimjonov “Eng yaxshi o‘yinchi” deb topildi.