“Nargiza” - namunali o‘quv markazi
Buxoro viloyatida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va shu orqali doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun yaqindan ko‘maklashayotgan o‘quv markazlaridan biri — “Nargiza” Olot tumanida joylashgan.

O‘quv markazida tikish-bichish, to‘qish, sartaroshlik, pazandalik, elita parda tikish kabi 12 yo‘nalishda mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda bu yerda qirqqa yaqin yoshlar o‘z qiziqishi va layoqatiga ko‘ra tajribali mutaxassislar ko‘magida bilim va ko‘nikmasini oshirmoqda.