Namunali ta’lim maskani
Navoiy shahridagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida o‘quvchilarning zamon talablari asosida puxta bilim olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Navoiy shahridagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida o‘quvchilarning zamon talablari asosida puxta bilim olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Bir yarim mingdan ziyod o‘g‘il-qiz ta’lim olayotgan maktabning fan kabinetlari zamonaviy o‘quv qurollari, komputer to‘plamlari bilan jihozlangan. Yigirmadan ortiq to‘garak o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, bilim va ko‘nikmasini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotir. O‘quvchilar orasida matematika, fizika fanlari, ayniqsa, chet tillarni o‘rganishga qiziqish katta.