Namanganda III Xalqaro maqom san’ati anjumani yakunlandi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, Namangan shahrida UNESCO va ICESCO hamkorligida tashkil etilgan III Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi. To‘rt kun davom etgan nufuzli madaniy anjumanda turli mamlakatlardan kelgan maqom ijrochilari, san’atshunos olimlar va madaniyat sohasi vakillari ishtirok etdi. Anjuman milliy maqom san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, uning betakror an’analarini asrab-avaylash hamda ijodiy va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Anjuman doirasida maqom san’ati ijrochilari o‘rtasidagi xalqaro tanlov, ilmiy-amaliy anjumanlar, mahorat darslari va madaniy tadbirlar tashkil etildi. Bu esa milliy maqom san’atining xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.
[gallery-30129]
Tanlov yakuniga ko‘ra, eng oliy mukofot — Gran-pri Namangan viloyati vakili, iste’dodli xonanda Orif Ergashevga nasib etdi. G‘olibga 15 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.
III Xalqaro maqom san’ati anjumani milliy musiqa merosini dunyo miqyosida targ‘ib etish, ijodiy tajriba almashish va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim madaniy maydon sifatida yana bir bor o‘z ahamiyatini namoyon qildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA