Maqomchilar Namanganda jam bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida o‘tkazilayotgan III Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida maqom tanlovi tashkil etildi.
Ushbu nufuzli tadbirda yurtimiz vakillari bilan birga, xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan san’atkorlar o‘z iqtidor va mahoratini namoyon etmoqda.
Tanlovning birinchi kunida Turkmaniston hamda Janubiy Koreya davlatlari va Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti magistrantlari ansambli sahnada o‘z iste’dodini namoyish etdi.
[gallery-30106]
Tadbir ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA