Namangan yoshlari “Tashabbuslar marafoni”da faol ishtirok etdi
FOTOREPORTAJ
“Yoshlar oyligi” doirasida respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Tashabbuslar marafoni” Namangan shahridagi Adiblar xiyobonida tashkil etildi.
Tadbirda viloyatning faol va tashabbuskor yoshlari ishtirok etib, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, istiqbolli loyihalar hamda zamonaviy yo‘nalishlar taqdim etildi.
[gallery-30077]
Marafon davomida axborot texnologiyalari, startaplar, tadbirkorlik, kitobxonlik, kreativ industriya va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar namoyish qilindi. Yoshlar o‘z g‘oya va tashabbuslarini taqdim etish, tajriba almashish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shu kuni Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida gala-konsert tashkil etildi. Unda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, yoshlarni qutladilar.
Tadbirda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar va loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA