O‘zbekiston madhiyasi bastakori, benazir iste’dod sohibi, Mutavakkil Burhonov 1916 yilda Buxoro shahrida tavallud topdi.

O‘zbekiston madhiyasi bastakori, benazir iste’dod sohibi, Mutavakkil Burhonov 1916 yilda Buxoro shahrida tavallud topdi. Uning bolaligi shu yerda o‘tdi. Tengqurlari orasida nozik qalbi va teran mushohadasi bilan ajralib turadigan bu yigitcha Domla Halim Ibodov, Ota Jalol, Ota G‘iyos, Levicha Hofiz singari ulug‘ san’at fidoyilari izidan borib, ular singari kuy chalishni, qo‘shiq aytishni va eshitganda qalblarga taskin beruvchi musiqa asarlari bastalashni chin dildan orzu qildi. Shu maqsadi sari intildi, kurashdi, o‘qib o‘rgandi va o‘z orzularining ro‘yobiga erishdi.
Uning albomidan joy olgan lirik romanslar, jozibali badiiy simfonik asarlar, “Abu Ali Ibn Sino”, “Surayyo”, “Maftuningman” singari kinofilmlarga bastalangan musiqiy asarlari o‘zbek musiqa san’atining oltin fondidan o‘rin oldi. 

Ayniqsa kompozitorning “Alisher Navoiyga qasida” nomli operasi katta shuhrat qozondi. Ijodi yuksak qadrlanib, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Kompozitorning xonadoni Buxoro shahar kasalxonasi ro‘parasidagi ko‘p qavatli uyda joylashgan edi. 

Hayotlik chog‘ida Mutal Burhonovdan olingan intervyuda ijodkorning qalb kechinmalari quyidagicha aks etgan edi.

“MEN SOG‘INCh BILAN YaShAB, SOG‘INIB YoZDIM...”

Mutal Burhonov: – Mening bu yorug‘ dunyoda musiqadan o‘zga ilinjim va hamrohim bo‘lmadi. San’at bilan tug‘ilib, san’at bilan o‘tyapman. Taqdirimdan roziman. Men yaratgan ohanglar ko‘p yillar kelajak avlodlarga ilhom bag‘ishlashiga ishonaman.Chunki men kuylarimni buyuk muhabbat bilan yaratdim. Muhabbat esa oliy tuyg‘u, u insonni yuksaklikka chorlaydi, ertangi kunga ishonib, intilib yashashiga undaydi va ikkinchi bir tuyg‘uni, odamlar mehrini o‘ziga tortadi. Aslida san’atning, musiqaning bor joziba va sehri ham shunda. Qalblarni qalblarga birlashtirguvchi mustahkam rishta ekanligida. Men bir narsadan faxrlanaman, mening musiqam butun dunyo bo‘ylab yangraganida har qanday insonlar o‘rnidan turadi. Buning ma’nosi katta, ular mening san’atim qarshisida emas, Vatanim O‘zbekistonning salobatli ovozi qarshisida bosh egadilar. Davlat madhiyasi bu Vatanning ovozi... Menga yaratgan Egam o‘sha ovoz ohanglarini qalbimga joylagani va bu ohangni o‘zga qalblarga yetkaza olishim uchun yo‘l berganiga beadad shukronalar aytaman. Istagim odamlar kuylasin, qo‘shiq aytsin, aytganda, ham jo‘shib, sevinib, ertangi kun ishonchi bilan to‘lqinlanib kuylasin...

Mutavakkil Burhonov o‘z xalqi va millatini yaxshi ko‘rardi. Shuning uchun ham yaratgan mumtoz musiqiy asarlari samimiy chiqardi.

O‘shanda bastakor xonadonidan 40 daqiqalik ko‘rsatuv tayyorlandi. Mazkur ko‘rsatuv viloyat televideniesi orqali qayta-qayta namoyish etildi.

Mutavakkil Burhonov o‘z san’atini qalbining tub-tubida ardoqladi va halol mehnati ila uni ko‘klarga ko‘tardi. 

Mutal Burhonov: – Butun umrim davomida odamlar yodida qoladigan, sira eskirmaydigan, hamma bir bo‘lib, jo‘r bo‘lib kuylaydigan qo‘shiq yaratish niyati bilan yashadim. Niyatim sof edi. Shuni bilamanki meni xalqim hech qachon unutmaydi.

Mening san’atim ertangi yoshlar bilan birga qayta-qayta ulg‘ayaveradi. Xalqimning yaxshi kunlarida, sog‘inch bilan yodga olinadi. Chunki men sog‘inch bilan yashab, sog‘inib yozdim. Mehrga tashna qalbimni kaftimga qo‘yib xalqimga tutdim...
Darhaqiqat, shoir Usmon Nosir aytganidek:
Bargdek uzilib ketsam,
Unutmas meni bog‘im,

Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur

Ming yillardan keyin ham,
Unutmas meni bog‘im...

Gulchehra MIRZAEVA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mutal Burhonov: “Men sog‘inch bilan yashab, sog‘inib yozdim...”
Жамият
14:25 / 10:12:2019