O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi «Musofir» xayriya marafonini o‘tkazdi.

Assotsiatsiya xabariga ko‘ra,  marafon xorijda o‘qiyotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimiz hayotiga befarq bo‘lmagan barcha yoshlarni faollikka chorladi.

Toshkent shahridagi «Ekopark» madaniy ko‘ngilochar markazida o‘tkazilgan marafonda poytaxtimizdagi OTM talabalari va xayriyaga hissa qo‘shishni istagan ko‘ngillilar ishtirok etdi.

Dastavval «Musofir» xayriya loyihasi haqida tushuncha berildi.  

Shundan so‘ng marafon boshlandi. Ishtirokchilar 2 km masofani bosib o‘tishdi. G‘oliblarga homiylar va assotsiatsiya tomonidan kubok, diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Qolaversa, marafon davomida turli ko‘ngilochar dasturlar, fleshmob, "dance parti"lar ham tashkil etilgani yoshlarga manzur bo‘ldi.

Muhimi, yoshlar xorijda qiynalib qolgan tengdoshlariga ko‘maklashish uchun birlashishdi va o‘z ehsonlarini taqdim qilishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Musofir» xayriya marafoni ko‘ngilli yoshlarni birlashtirdi