Murodjon Yo‘ldoshev “Hungary Grand Slam-2026” turniri sovrindori
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha davom etayotgan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi “Hungary Grand Slam-2026” turnirining ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.
70 ta davlatning 531 nafar dzyudochisi ishtirokida o‘tayotgan nufuzli musobaqada mamlakatimizning 6 nafar dzyudochisi sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilmoqda.
Ortda qolgan ikki kunlik bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, terma jamoamiz a’zolari Doston Ro‘ziyev -60 kilogrammda, Sevinch Murodova -48 kilo og‘irlikda, Muhayyo Ahmatova -52 kilogrammda kechgan saralash musobaqalarida imkoniyatni boy berdi.

Kecha nufuzli musobaqaning ikkinchi kungi kurashlarida tatamiga chiqqan tajribali dzyudochimiz Murodjon Yo‘ldoshev -81 kg. vaznda Budapeshtga bekorga kelmaganini namoyish etdi.
Mazkur vaznda 30 nafardan oshiq mahoratli dzyudochilar ishtirok etgan bo‘lsa, Murodjon Yo‘ldoshev saralashda Avstriya, Moldova, Sloveniya kabi davlatlarning vakillarini mag‘lub etdi.
Yarim final bellashuvida Serbiya terma jamoasi a’zosi Vasiliy Gruichichni dog‘da qoldirdi va musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritishi ortida Xalqaro dzyudo federatsiyasining muhim reyting ochkosiga ham ega chiqdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA