Arslonbek Tojiyev “Grand Slam-2026” sovrindoriga aylandi
Shveysariyaning Lozanna shahrida dzyudo bo‘yicha «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi “Grand Slam-2026” musobaqasining ikkinchi kuni ham polvonlarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tgan kun yakunida -81 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan Arslonbek Tojiyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Polvonimiz finalga qadar Germaniya, Turkiya, Finlyandiya, Ukraina va Braziliya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, hal qiluvchi bahsga yo‘l oldi. Finaldagi natijaga ko‘ra, yurtdoshimiz musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Shu tariqa Arslonbek Tojiyev o‘z hisobiga 700 reyting ochkosini qo‘shib qo‘ydi. Uning 350 ochkosi Olimpiya o‘yinlari yo‘lidagi reyting uchun hisobga olinadi.
Bugun musobaqaning so‘nggi kuni erkaklar o‘rtasida -90, -100, +100 kg, ayollarda esa -78, +78 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Kun davomida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar dzyudochisiga muxlislik qilamiz.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimizning ilk davra bahslari:
-90 kg: Nurbek Murtazoyev – Vugar Talibov (Ozarbayjon)/Akaki Japaridze (Gruziya)
-90 kg: Umar Bozorov – Noa Kristians (Belgiya)/Lasse Shreyver (Germaniya)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev – Marat Baykamurov (Qozog‘iston)
-100 kg: To‘lqinbek Turdiyev – Maksims Duinovs (Latviya)
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Munir Ertug (Turkiya)
QIZLAR
-78 kg: Barchinoy Qodirova – Eliza Vroblevska (Polsha)
-78 kg: Marjona Ko‘chimova – Aleksandra Ryabchenko (Rossiya)
+78 kg: Umida Nig‘matova – Aida Toishibekova (Qozog‘iston)/Fernanda Kuimbira (Angola)
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva – Oksana Dyatsenko (Moldova)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA