Yuqori texnologik operatsiyalar uchun bemorlar shu kunga qadar poytaxtga yoki xorijga borib davolanishga majbur edi. Tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor va tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida hududlarning o‘zida ham bu turdagi jarrohlik amaliyotlarini bajarish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.

Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida ham keyingi yillarda yuqori texnologik operatsiyalarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, markaz filialida joriy yilning 11 oyida 1 nafar bemorda buyrak ko‘chirish transplantatsiya operatsiyasi, mazkur amaliyot yo‘lga qo‘yilgandan buyon esa jami 8 ta shunday operatsiya bajarilgan.  

Jumladan, yaqinda filialda navbatdagi murakkab jarrohlik, ya’ni buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.  

21 yoshli bemor uchun donor onadan olingan buyrakni ko‘chirish operatsiyasi Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi professori F.A.Xodjiboyev boshchiligidagi viloyatning malakali mutaxassislar ishtirokida bajarildi.  

Tibbiyotdagi transformatsiyalar viloyatdagi og‘ir va iqtisodiy cheklangan bemorlarni sog‘lom hayotga qaytish imkoniyatini oshirgani e’tiborga molikdir.  

– Hozirgi kunga qadar 8 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi o‘tkazilgan bo‘lib, barchasi muvaffaqiyatli bo‘lgan. Shuningdek, 63 nafar bemorda ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash (AQSH) va 167 ta yurak toj tomirlarini stendlash va 418 ta koronarografiya operatsiyalari o‘tkazildi, – deydi markaz direktori Ravshan Tulakov.  

O‘z farzandiga donorlik qilgan ona bilan suhbatlasharkanmiz, minnatdorlik tuyg‘ularini yashirmaydi.  

– Qizim 1 yarim yildan buyon buyrak kasalligidan aziyat chekardi, – deydi donor ona Bo‘ston Eshquvatova. – Davolatmagan joyimiz qolmadi. Poytaxtda ham bir necha bor davolatdik. Natija bo‘lmagach, donor topmasanglar bo‘lmaydi deyishdi. Hech o‘ylamasdan rozi bo‘ldim. Farzandimning quvonchi mening quvonchim. Operatsiyani viloyatimizning o‘zida o‘tkazilgani judayam ma’qul bo‘ldi. Shukr hozir ikkalamiz ham yaxshi. Shifokorlarning qo‘llari dard ko‘rmasin. Qizimni hayotga qaytarishdi.  

– Shu kasallikka chalinganimdan buyon davolanaman, – deydi Marjona Mamatqulova. – Eng yomoni bu borgan sari ruhiyatimga ta’sir qilib, ko‘p siqila boshlagandim. Oxirgi tekshiruvlardan keyin donor topilsa, yana sog‘lom hayotga qaytishimni aytishdi. Umid uyg‘ondi. Onajonim, ochig‘i jonidan bir parchasini ulashdi. Operatsiya muvaffaqiyatli chiqdi. Bundan juda minnatdorman. Hozir ahvolim yaxshi.  

Filial moddiy texnika bazasining mustahkamlangani va kadrlar malakasini oshirishga qaratilayotgan e’tibor ham bu kabi jarrohlik amaliyotlarining muvaffaqiyatli o‘tishida ijobiy samara bermoqda. Bundan tashqari, filialga doimiy ravishda tajribali xorijlik mutaxassislar taklif qilinib, tajriba almashuv yo‘lga qo‘yilgan.  

Jumladan,  livanlik kardioxirurg Obeyd Mustafo Abdurahmonovich tomonidan filialda 9 nafar bemorda kardioxirurgik operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Buyrak transplantatsiyasi operatsiyasi bo‘yicha 11 ta master klass tashkil qilindi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan markazga Hindistonning nufuzli transplantatsiya markazlari mutaxassislaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Ular tashrif davomida  filial bilan yaqindan tanishib, markazning transplantatsiya, ayniqsa, jigar transplantatsiyasi  operatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha salohiyatini o‘rgandi, ijobiy baholadi va ma’lum tibbiy jihozlar hamda uskunalarni olish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.  

Albatta viloyatning o‘zida bu kabi jarrohlik amaliyotlarini bajarilishi bemorlarning ham vaqtini, ham naqdini tejashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murakkab jarrohlik amaliyotlari endi viloyatning o‘zida bajarilmoqda