Shu paytgacha xorij va poytaxtning nufuzli klinikalarida bajarib kelingan ko‘plab murakkab yuqori texnologiyali operatsiyalar endilikda viloyatning o‘zida bajarilmoqda. Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan jurnalist va blogerlar uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida ayni shu mavzuda so‘z bordi.

Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida aorta koronar shuntlash, yurak toj tomirlariga stentlash, elektrokardiostimulyator  implantatsiyasi, bo‘lmachalararo va qorinchalar to‘siq nuqsonlarini minitorakotomiya usulida berkitish, bo‘lmachalararo va qorinchalar to‘siq nuqsonlarini oklyuder yordamida berkitish, yurak klapanlari plastikasi va protezlash amaliyoti, yurakning murakkab aritmiyalarida yurak elektrofiziologik tekshiruvi va radioto‘lqinli ablatsiya singari juda murakkab kardiojarrohlik amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.  

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari amalga oshirildi.  

Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida birgina joriy yilning besh oyi davomida 110 ta yuqori texnologiyali operatsiya bajarildi. Xususan, vohamizda ilk bor tizza bo‘g‘imini endoprotezlash, “Eversion KEAE” (uyqu arteriyasidan xolesterin pilakchalarini olib tashlash), “Transabdominal laparoskopik o‘ng tomonlama nefroektomiya”  (bujmaygan buyrakni endoskopik usulda olib tashlash) singari jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga doir eng katta yangiliklardan biri - Qashqadaryoda bolalar kardiojarrohligi bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tashkil etilgan bu bo‘lim tashabbusli byudjet tanlovlari orqali kardiojarrohlik amaliyotlari o‘tkazishga doir 1 milliard 200 million so‘mlik eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlandi. Bu yerdagi ayrim uskunalarga nufuzli klinikalar jarrohlarining ham havasi keladi. Bo‘limga xorijda o‘qib, tajriba orttirgan malakali mutaxassislar ishga jalb etildi. Endi qashqadaryolik tug‘ma yurak nuqsoni bor bolajonlarning yaqinlari xorij yoki poytaxt klinikalariga qatnab ovora bo‘lmaydi. Yuqori texnologiyali murakkab jarrohlik amaliyotlari vohaning o‘zida bajarilmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida joriy yilning o‘tgan 5 oyida 200 dan ortiq yuqori texnologiyali operatsiyalar bajarildi.  Jumladan, mart oyida bu yerda tibbiyotda “Fil odam” sindromi deb nomlangan kasallik bo‘yicha amaliyot bajarildi. Ilmiy tilda neyrofibromatoz (Reklingxauzen sindromi) deb ataladigan bu xastalik bo‘yicha bemordan 5 kilogrammlik o‘sma muvaffaqiyatli tarzda olib tashlandi.

Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan 2023 yilning o‘tgan davrida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali, Respublika kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali, Kitob tumanidagi “Doktor Boboyev” xususiy klinikasida 800 dan ortiq jarrohlik amaliyoti bajarildi.  

Vohamizda zamonaviy telemeditsina imkoniyatlaridan samarali foydalanib kelinmoqda. Bu orqali tumanlarda davolanayotgan bemorlar uchun poytaxt hamda viloyatning malakali mutaxassislari tomonidan onlayn tarzda tibbiy konsilium va maslahatlar tashkil etilmoqda. Quvonarlisi, keyingi oylarda shu paytgacha faqat poytaxtda bajarilgan yuqori texnologiyali operatsiyalar vohamiz tumanlarining o‘zida bajarilmoqda. Joriy yilning birinchi choragida bu boradagi ko‘rsatkichlar keskin oshdi.

Xususan, birgina joriy yilning o‘tgan davrida  Yakkabog‘da 10 dan,  Kitob tumanida esa 80 dan ortiq yuqori texnologiyali operatsiyalar bajarildi. Ko‘kdalada ilk bor “Eversion KEAE”, Kosonda yirik bo‘g‘imlar artroskopik operatsiyasi, Yakkabog‘da esa endoprotezlash amaliyoti muvaffaqiyatli tashkil etildi. 2023 yilda viloyatda bajarilgan yuqori texnologik amaliyotlar sonini 2 mingdan oshirish rejalashtirilgan.  

O‘lmas Barotov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murakkab jarrohlik amaliyotlari viloyatning o‘zida bajarilmoqda