Skoring tizimi soddalashgani uchun 100 mingga yaqin tadbirkor bankdan yangi kredit olib, faoliyatini kengaytirdi.
Hozirda kredit tarixi “o‘rtacha”, lekin ozgina ko‘mak berilsa, tez o‘sish imkoniga ega yana 500 ming mijoz bor.
Endilikda kredit berishda skoring tizimi soliq va kommunal to‘lov intizomi, rasmiy aylanmasi, eksport operatsiyalari kabi ma’lumotlarni ham inobatga oladi.
Kelgusi yildan muqobil skoring modeli ishga tushirilib, kredit berish shartlari osonlashtiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
O‘zA