Hozirgina poytaxtimizda “O‘zbekiston – Ozarbayjon: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqboli” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Ozarbayjon Respublikasi Xalqaro munosabatlarni tahlil qilish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ikki davlat diplomatik vakolatxonalari hamda yetakchi tahliliy va tadqiqot markazlari rahbarlari, ekspertlar ishtirok etmoqda.

Gibrid formatda o‘tayotgan anjumanda tomonlar turli sohalardagi o‘zaro munosabatning bugungi holati va aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘llari yuzasidan fikr almashadi.

Mutaxassislar Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakuniga alohida e’tibor qaratishadi. Zero, mazkur tashrif har jihatdan O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlarining ko‘lami nechog‘li chuqurligini ko‘rsatib, uzoq muddatli ekanini namoyon qildi.

G‘.Xonnazarov, D.Yoqubov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhokama mavzusi – O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlari istiqboli