Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
Yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yilligi bayrami munosabati bilan Bangladesh Xalq Resrublikasining yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Monirul Islom o‘z tabrigini izhor etdi.
– O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan o‘zbek xalqi va hukumatini samimiy muborakbod etaman.
Bangladesh hukumati va xalqi nomidan, shuningdek, o‘z nomimdan O‘zbekistonga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilayman.
Qayd etish joiz, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda jamiyat miqyosida, xususan, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda ajoyib o‘sish va rivojlanish kuzatilmoqda. Ushbu yurtning ko‘plab muhim yutuqlari xalqaro hamjamiyat tomonidan tegishli ravishda tan olingan. Mamlakatda muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi ishlar o‘lkani “Yangi O‘zbekiston”ga aylantirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Bangladesh va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar barcha sohalarda, jumladan, iqtisod, ta’lim, turizm, madaniyat va odamlar bilan aloqa qilishda o‘sdi va kengaydi. Biz Bangladesh va O‘zbekiston hamkorligida amalga oshirilayotgan salohiyat va va’dalarni samarali amalga oshirish orqali ushbu munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga intilamiz.
Fursatdan foydalanib, ushbu qutlug‘ kunda O‘zbekiston xalqiga ulkan muvaffaqiyatlar va baxt-saodat tilayman.
Yashasin Bangladesh – O‘zbekiston do‘stligi!
O‘.Alimov, O‘zA